Boshqaruv hisobi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

2. Xarajatlarni turkumlash 
Xarajatlar hisobi buxgalteriya hisobi vazifalaridan kelib chiqib quyi, elementlar 
bo‘yicha guruhlanadi: Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi 
Gurhlanish turi 
Xarajat turlari 
Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy o‘rniga 
qarab 
Asosiy va doimiy 
Tarkibiga qarab 
Kompleks 
va 
bir 
elementli 
Tannarxga o‘tkazish usuliga karab 
To‘g‘ri va egri 
Ishlab chiqarish hajmiga karab 
O‘zgaruvchan 
va 
o‘zgarmas 
Yuzaga kelishiga karab 
Doimiy va bir vaqtli 
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga 
karab 
Ishlab chiqarish va tijorat 
Samaradorlikka karab 
Samarali va samarasiz 
Xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)l 
chiqarnsh va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalar
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab kuyilgan. Ushbu Nizomga 
muvofiqxarajatlar ikki turga bo‘linadi; 
1) mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;  
2) mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. 
Bundan tanshchari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha hamda favqulodda xarajatlar 
alohida hisobga olinadi. 
Yukoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruxlanadi: 
1. 
Mahsulot ishlab chshcharish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: 
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari; 


v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab
chiqarish 
xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. 
Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, bevosita o‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar 
deb, hisobot oyi davomida yigib-taqsimlovchi hisobvaraqlarda hisobga olinib, 
tannarxni kalkulyatsiya qilishda, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir 
ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yuli bilan o‘tkaziladigan xarajatlarga 
aytiladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling