Chiziqli dasturlash modeli muammolarini yechish bosqichlari
Chiziqli dasturlash modelidan bozor munosabatlari tobora erkinlashib borayotgan hozirgi davrda samarali foydalanish uchun, uning oldiga masala qo’yilishi va qo’yilgan masala yechimini topish uchun muhim sanaladigan bosqichlar ketma-ketligini har bir rahbar yaxshi bilishi kerak bo’ladi.
Chiziqli dasturlash masalalari yechimi uch bosqichni o’z ichiga oladi (quyidagi chizmaga qarang):
Maqsadni aniqlash
Maqsad funksiyasi maksimallashtirilishi (masalan, foyda) yoki minimallashtirilishi (xarajatlar) lozim bo’lgan maqsadlarni aniqlaydi. Oddiyroq ifodalanadigan bo’lsa, chiziqli dasturlash modeli yordamida rahbar o’zi uchun qanday masala yechimini topishga intilayotganligini aniq belgilab olishi lozim.
Asosiy o’zaro bog’liqliklarni aniqlash
Bu o’zaro bog’liqliklar chiziqli funksiyalar sifatida ifodalangan cheklovlarni o’z ichiga oladi. Cheklash – bu matematik modelda barcha o’zgaruvchilar qanoatlantirishi lozim bo’lgan matematik tengsizlik (yoki tenglik)dir. Masalan, ishlab chiqarishga bevosita ta’sir qiladigan imkoniyatlar va cheklashlar (moddiy resurslar, mehnat resurslari, hom-ashyo imkoniyati, mahsulot komponentlarining barchasi yetarli bo’lishi va sh.k.).
-
a) 1-sex bo’yicha cheklanishni
|
1.5 x S + 2.0 x L = 300
|
b) 2-sex bo’yicha cheklanishni
|
1.0 x S + 0.5 x L = 120
|
v) material yetishmasligi sababli «L» mahsulotini ishlab chiqish cheklanganligini
|
L ≤ 126
|
g) salbiy ishlab chiqarish bo’lmagani uchun
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |