Komanda liderining hulq – atvori. Komanda lideri: (a) xodimlarga komandada ishlash imkoniyatlarini yaratib beradi;(b) har bir xodimni faol ishtirok etishga chaqiradi;(v) boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikni tashkil etadi;(g) komandaning har bir a’zosi bir-biri bilan adolatli muomilada bo‘lishayotganini nazorat qilib boradi;(d) hamkorlikda ishlashni muvofiqlashtiruvchi xulq-atvorni tan oladi va uni rivojlantiradi. - 4. Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash- ishchilarga qiyin masalalarni hal etish, munozarali savollarni echish va maqsadlar yo‘lida muvaffaqiyatga erishishlari uchun tanlov erkinligini berish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) xodimlarga o‘z faoliyati doirasida qarorlar qabul qilishda keng imkoniyat yaratib beradi;(b) boshqalarning qaror qabul qilishlari va ma’suliyatini o‘z bo‘yniga olishlariga yo‘l qo‘yib beradi;(v) alohida xodim yoki xodimlar guruhiga kompaniya missiyasiga mos keladigan o‘z maqsadlarini o‘rnatishlarini qo‘llab quvvatlaydi; (g) ishchilarning muvaffaqiyatga erishishga qodirliklariga ishonch bildiradi;(d) muammolarni guruhning o‘zi mustaqil hal qilishini va bir qarorga kelishini rivojlantiradi.
- O‘zgarishlarni boshqarish- tashkilotning samarali ishlashini oshirish, uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy o‘zgarishlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlay olish, tashkiliy o‘zgarishlarni tatbiq qilish, xomiylik qilish hamda ularning muvaffaqiyatli borishda boshqalarga yordam berish. Menejer yoki liderning hulq – atvori Menejer yoki lider:(a) innovatsion qarorlar ishlab chiqish ustida qo‘l ostidagilar bilan birgalikda ishlaydi;(b) biznes, hamkorlik, siyosiy kurs yoki algoritmning yangi yo‘nalishlari yaratishga boshchilik qiladi;(v) butun korxona yoki tashkilotning biror bo‘limi kelgusida faoliyat yo‘nalishini tanlashga ta’sir ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalaniladi
- ;(g) tashkiliy o‘zgarishlar vaqtida xodimlarning, endi qanday yo‘l tutishlariga to‘g‘ri kelishini aniq va ravshan tushunishlariga yordam beradi;(d) tanaffuslar (muloqot, o‘qitish, trening)ni boshqarish bilan bog‘liq faoliyatning turli tuman bo‘lishini qo‘llab quvvatlaydi va tatbiq etadi;(e) o‘zgarishlarni ketma-ket tatbiq etishni rejalashtirish va boshqarish uchun aniq tuzilma va jarayonlarni o‘rnatadi;(j) sezilarli o‘zgarishlar bilan bog‘liq xavotirlarni engishda alohida xodim yoki guruhdan o‘z yordamini ayamaydi;(z) komanda yoki guruhga ijodiy fikrlash va muammolarni echish jarayonida yangicha uslub, tuzilma, tizim va yondashuvlarni tatbiq etishda yordamlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |