30.Ishonchli bo‘lish- o‘zini mas’uliyatli, ishonchga arziydigan shaxs ekanligini ko‘rsata olish Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) boshlangan ishni oxiriga etkazish;(b) ishonchli ma’lumot va xavf-xatarlarga e’tibor(xurmat) bilan qaraydi;(v) boshqalar bilan samimiy va to‘g‘riso‘z munosabatda bo‘ladi;(g) o‘z xatolari uchun boshqalarni ayblamaydi, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi;(d) o‘z ishini vijdonan bajaradi; (e) zarur dalillar, ma’lumotlar va bilimini o‘z hamkasblari bilan bo‘lishadi. - 31.Moslashuvchan, qayishqoq bo‘lish- ishning yangicha usullariga moslashuvchanlik, o‘zining sevimli ishlash uslubini zamonaviylashtirishga tayyorturish.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) nafaqat o‘z ishiga, balki o‘zga hamkasblari ishiga ham munosib bo‘ladi;(b) tashkilotning yangi tuzilma, usul va texnologiyalarga xayrixoxligini bildiradi;(v) dastlabki strategiya muvoffaqiyatsiz chiqsa, boshqasini tanlay oladi;(g) qarama-qarshi holat to‘g‘ri ekanligiga dalillar etarli bo‘lsa, oldingi holatdan osonlikcha voz kecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |