15.Mijozga - ichki va tashqi mijozning talabini qondirishdan yondashuv. manfaatdorekanligini ko‘rsata olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) mijozning muammolarini tez va samarali hal etadi; (b) mijozning natijadan qanchalik darajada qoniqayotganligini aniqlash maqsadida, u bilan suhbat o‘tkazadi;(v) mijozlarga, ularning talablarini qondirish uchun birgalikda hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi;(g) mijozning qoniqish darajasini o‘lchash va aniqlash usullarini topadi hamda ijobiy ta’sir qilish yo‘li(muomala manyorasi)ni yaratadi. - 16. Diagnostik ma’lumotlarni yig‘ish- vaziyatga aniqlik kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilish; bunday ma’lumotlarni tegishli manbaalar yordamida qidirishni amalga oshirish (savolni shunday berish kerakki, ma’lumotni bo‘lishini hoxlamagan inson xam javobberganini o‘zi bilmay qolsin). Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) vaziyatni aniqlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan maxsus ma’lumotlarni tan oladi;(b) ko‘plab manbaalarga murojaat qilgan holda katta miqdorda ishonchli ma’lumotlarni topadi;(v) zarur bo‘lganda hamkorlik uchun sun’iy dalillar keltiradi;(g) ishchilardan ishlar qanday ketayotganini bilish, ularning muammolarini eshitish maqsadida tez-tez xabar olib turadi;(d)
- atrofdagilar bilan, ular o‘z xarakat rejasini qanchalik yaxshi tuzishganligini baholash maqsadida suhbatlashib turadi;(e) vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida savollar beradi;(j) har bir qatnashuvchining fikrini so‘raydi;(z) muammoni oydinlashtirish, ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun bilimdon xodimlarni topa oladi.
- 17. Fikrlash - tizimli, ketma-ket yondashuvlardan foydalangan hodda muammoni hal eta olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) ikki yoki undan ortiq muqobil variantlarni tizimli taqqoslaydi;(b) ma’lumotning ketma-ket emasligi va qarama-qarshi ekanligini sezadi;(v)vaziyatni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda xisobga olinishi kerak bo‘lgan tomonlar, parametrlar va omillarni belgilab oladi;(g) murakkab topshiriqlarni echishda, ularni tarkibiy qismlarga ajratadi va har birini alohida ravishda tahlil qiladi;(d) qaror qabul qilishda muvofaqqiyatga erishish uchun xarajat, foyda, imkoniyat va tavakkalchilikdan foydalanadi;(e) ustuvor yo‘nalishlarni izchillik balan aniqlaydi.
- 18. Istiqbolli fikrlash- vaziyatning natijasi, ochilmagan qirralarini topa olish va shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatga tayyor turishi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘zdan qochirmaydi va ularni echish bo‘yicha bir necha rejalarni tuzib chiqadi;(b) bozordagi va sanoatdagi tendensiyani hisobga olgan holda, rejalarni shunday tuzadiki, uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va imkoniyatlarning hech birini e’tibordan qochirmaydi;(v) vaziyatning natijasini oldindan sezadi va tegishli rejalar tuzib boradi;(g) alohida shaxslar yoki guruhlarning vaziyat yoki axborotga bo‘lgan javob reaksiyasini nazarda tutadi va tegishli rejalar ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |