19. Tushunturuvchi - yaxlit, mavhum va nazariyfikrlash yordamida fikrlash samarali echimini topa bilish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) bir-biriga aloqador bo‘lmagan, mutlaqo turlicha vaziyatlar o‘rtasida bog‘liqlikni topa oladi;(b) murakkab vaziyatda asosiy muammolar ajratib oladi;(v) vaziyatning tizimli ko‘rinishini aks ettiradigan diagrammi va grafiklarni tuzadi;(g) vaziyatni tushuntirib berishda qiyos va kinoyalardan foydalaniladi;(d) konkret vaziyatni tushuntirishda kerakli nazariyalarni o‘z vaqtida qo‘llaydi. - 20. Strategik -bozor va sanoatda tendensiya, mavjud va fikrlash kutilayotgan (ichki va tashqi) xaridorlar, shuningdek, tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va ojiz tomonlarini ko‘rib chiqqan holda korxona raqobatbardoshligini taxlil qila olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘ra oladi;(b) tashkilotning raqobatdoshligiga ta’sir ko‘rsatadigan sanoat va bozor tendensiyasini tushunadi;(v) qanday tovar va xizmatlar bozorda raqobatbardosh bo‘lishini chuqur fahmlay oladi;(g) bozor va ishlab chiqarish tahliliga asoslangan, shuningdek, raqobatchilarga nisbatan salohiyat imkoniyatlari ko‘proq, uzoq muddatli(3-5 yillik) strategiyani yaratadi va uni boshqaradi.
- 21. Texnika sohasidagi kompetensiya - texnika sohasidagi chuqur bilim va ko‘nikmalarni ko‘rsata olish.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) bir qator muammolarni echishda texnik bilimlardan unumli foydalanadi;(b) texnikaning biror sohasida chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi;(v) bunday insonga xuddi ekspertga xulosa chiqarish yoki maslaxat olish uchun murojaatqilgandek murojaat qilishadi;(g) o‘z sohasida so‘nggi texnika yutuqlari haqidagi maxlumotlar bilan doimiy tanishib boradi.
- 22. Tashabbuskorlik. - tegishli ko‘rsatmalar olish yoki kuchli zaruriyat tug‘ilgunga qadar nima qilish kerakligini ko‘ra olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) murakkab vaziyat yuzaga kelishini oldindan ko‘rib, nima qmlmsh va qanday yo‘l tutish kerakligini biladi, undan buni so‘rashlarini kutib o‘tirmaydi;(b) konkret vaziyatda ishni talab qilinganidan ham ortiqroq qilib bajaradi;(v) vaziyatning boshqa qatnashuvchilari istiqbolni qanday ko‘rayotganliklariga qiziqadi;(g) voqea-hodisalarni o‘zlashtirish uchun mustaqil qadam tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |