Boshqaruv kompetensiyalari


Og‘zaki-birgalikda faoliyat yuritayotganda va suhbat muloqot paytida o‘z fikrlarini aniq ifoda eta olish. Ushbu kompetensiyaga ega raxbar


Download 38.21 Kb.
bet8/14
Sana30.01.2024
Hajmi38.21 Kb.
#1817239
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
11-мавзу (1)

9. Og‘zaki-birgalikda faoliyat yuritayotganda va suhbat muloqot paytida o‘z fikrlarini aniq ifoda eta olish. Ushbu kompetensiyaga ega raxbar:
  • (a) uni oson tushuna olishlari uchun barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qiladi;(b) gapni tuzishda auditoriyaning bilim darajasi va tajribasini hisobga oladi;(v) og‘zaki nutqda grammatik to‘g‘ri so‘zlar va konstruksiyalardan foydalanadi;(g) mantiqan to‘g‘ri gapiradi;(d) g‘oyalarini qisqa va lo‘nda qilib ifodalaydi;(e) auditoriyaga qarab gapiradi.
    • 10. YOzm-ish bilan bog‘liq yozuvlarda fikrni tushunarli qilib muloqot.yoza olish. Ushbu kompetensiyaga ega raxbar: (a) qog‘ozga fikrlarini qisqa va lo‘nda qilib yozadi;(b)fikrlarni qog‘ozga ketma-ket, xat boshidan qilib yozadi va korxona to‘g‘risidagi axborotlarni o‘quvchiga ravon qilib etkazadi;(v) yozma fikrlarni shunday tuzadiki, o‘quvchiga ma’lumotlar aniq etib boradi;(g) qiyin yoki texnik ma’lumotlarni izohlashda grafiklar yoki boshqa vositalardan foydalanadi;(d) orfografik xatolarsiz yozadi;(e) yozma muloqotda maxsus yozuv usullarini(yozuv tillarini) qo‘llaydi;(j) tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yadi;(z) grammatik qoidalarga amal qiladi.
    • 11. Ishontiruvchi muloqot- kerakli odamlarni ishontirish uchun ma’lumotlarni(og‘zaki yoki yozma) etkazib berishni tashkil eta oladi. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) eshituvchiga kuchli ta’sir eta oladigan ma’lumot yoki axborotni tanlay oladi va uni eshituvchiga(yozma yoki og‘zaki) etkazib bera oladi;(b) auditoriya darajasi va tajribasiga mos tilda gapiradi va misollar keltiradi;(v) ma’lumotlarning qabul qilinishini osonlashtirish va ta’sirini oshirish uchun grafik ramzlar, sarlavha va slaydlarni o‘ylab topa oladi;(g) vaziyatni asoslash uchun bir necha dalillar keltiradi.
    • 12. Boshqalarni - boshqalarning munosabatlari va his tuyg‘ularini tushuna olish oldindanbilish, seza olish, shuningdek, empatik ravishda fikrlariniboshqalarga ma’lum qilish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) atrofdagilarning qiziqishlarini tushuna oladi;(b) atrofdagilar xis-tuyg‘ularini, ularning o‘zini tutishi, yuz ifodasi, so‘zlarni tanlashi va gap ohangidan to‘g‘ri tushunadi va seza oladi;(v) u yoki bu holatga atrofdagilarning javob reaksiyasini seza oladi. (g) g‘oya va takliflarni diqqat bilan eshitadi;(d) atrofdagilarning ham kuchli, ham nozik tomonlarini e’tiborga oladi;(e) aytib tugatilmagan(emplitsid) ma’noni tushuna oladi. (j) atrofdagilar qanday mavzuda gaplashishlaridan kat’iy nazar qiziqish bilan munosabatda bo‘lish orqali ularning e’tiborini qozonadi.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling