23. Tadbirkorlik qobiliyati.- foydali imkoniyatlarni qidirish, topish va biznes maqsadiga erishishda tavakkalchilikka tayyor turish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) foydali imkoniyatlarni sezadi va qo‘ldan boy bermaydi;(b) korxona uchun yangi imkoniyatlarni ochib berish mumkin bo‘lgan biznes, ishlab chiqarish va bozordagi voqea-hodisalardan doimiy xabardor bo‘lib turadi;(v) biznes rejani amalga oshirish uchun tavakkalchilik qilishga tayyorlanib boradi;(g) salohiyatli xaridorlar, etkazib beruvchilar va xamkorlarga yangidan-yangi kelishuvlarni taklif qiladi;(d) hamkasblaridagi tadbirkorlik xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlaydi. - 24. YAngiliklarni madaniylashtiri- yangi, mukammal uslub, tovar,algoritm yoki texnologiyalarning ishlab chiqarilishi va kirib kelishiga xomiylik qilish va qo‘llab-quvvatlash. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) yangi tovar yoki xizmat turini mustaqil ishlab chiqadi;(b) yangi uslub yoki yondashuvni mustaqil ishlab chiqadi;(v) yangi tovar, xizmat, uslub yoki algoritmni ishlab chiqarishga tatbiq etadi;(g) yangi yondashuv, uslub va texnologiyalarni taklif qiladi;(d) tovarni tez, yaxshi va kam xarajatli ishlab chiqarish usullarini yaratadi;(e) yangiliklar yaratish uchun hamkasblar bilan tinimsiz ish olib boradi.
- 25. Natijani mo‘ljalga olish - o‘zi yoki komandasi ishidan kutilayotgan natijaga butun e’tiborini qaratish, murakkab, lekin erishsa bo‘ladigan maqsadlarni oldiga qo‘yish, butun kuchini shunga sarflash, maqsadga va xatto undan ortig‘iga erishish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) qiyin, ammo erishsa bo‘ladigan maqsadlarni oldiga qo‘yadi;(b) konferensiya va loyixalar uchun maqsadni aniq ishlab chiqadi; (v) har qanday qiyinchilikda ham ishonchni yo‘qotmaydi;(g) erishilganlarni tahlil qilish hamda o‘lchash uchun usullar qidiradi va topadi;(d) maqsadga erishish uchun uzluksiz va izchil chora-tadbirlarni taklif etadi;(e) ishni tugallash va muammoni xal etish uchun tish-tirnog‘i bilan xarakat qiladi.
- 26.Vijdonlilik. -o‘zining va o‘zganing ishi to‘liq bajarilgani, ma’lumotla esa tekshirilganligiga ishonch hosil qilish, taqdimot (prezentatsiya) va konferensiyalarga qattiq tayyorgarlik ko‘rish, boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |