2. Kompaniya xodimlari o‘qitish jamoa jarayoni ekanligini
yaxshi bilishlari kerak. Eng to‘liq va foydali rivojlanish
axborotni bir yoqlama manbadan olganda emas, balki bilimlar
bilan o‘rtoqlashish natijasida amalga oshadi.
3. Bilimlar bilan samarali ayirboshlash faqat ma’lumotlarga
tez yo‘l topishdangina iborat emas. Kompyuterning dasturiy
ta’minoti va Internet texnologiyalari ma’lumotlaridan xabardor
bo‘lishni osonlashtiradi, aslida xodimlarning o‘zida axborotlarni
tarqatishga qiziqish bo‘lishi kerak.
4. An’anaviy korxona xodimlari izlanuvchan bo‘lishlari
mumkin. Lekin ular rahbarlik lavozimida bo‘lmasalar, izlanishlar
samarasi yo‘qotiladi yoki oshkor qilinmaydi. Uzluksiz o‘qitishga
e’tibor qaratiladigan korxonada esa izlanuvchanlik hamisha
va hamma joyda namoyon bo‘ladi. Bu, ayniqsa, jamoa bo‘lib
ishlashda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
5. Qadriyatlar va dunyoqarashlar tizimi mushtarak bo‘-
li shi kerak.
Xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovlar ko‘p hollarda,
hatto birgalikda ishlaydigan insonlarning ham ishlab chiqarish
jarayonlariga qarashlari turlicha bo‘lishidan dalolat berib
turibdi. Agar, xodimlarning fikrlashi — mezonlar, qadriyatlar,
108
yondashuvlar umumlashtirilib, jamoaning barcha a’zolari
tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsa, ushbu bilimlardan
foydalanish, ayirboshlash jarayoni murakkab kechadi.
1.5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – uzluksiz
ta’limning «O‘zbek modeli»
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib,
iqtiso diy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos va mos yo‘lini
tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tash kil
etishni hayotiy zaruratga aylantirdi. 1992 yilda «Ta’lim to‘g‘-
Do'stlaringiz bilan baham: |