Boshqaruv xodimlarining kasb mahorati va kompetensiyalari. Reja: Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari
Download 290.9 Kb.
|
Boshqaruv kompetensiyalari. Reja Kompetensiya va kompetentlik t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari.
Madaniykompetensiyalar:
1)Komandadaishlashko’nikmalarinitarbiyalash – komandalideriningguruhnibirgalikdaishlashgao’rgatishiorqalio’zqiziqishi, ko’nikmasivamuvaffaqiyatininamoyishetaolishkompetensiyasi. Komanda a’zosining xulq-atvori. Komanda a’zosi: a)komandaning boshqa a’zolari g’oyalarini eshita oladi; b)komandaning boshqa a’zolari taklif va g’oyalarini qo’llab-quvvatlaydi; c)komandaning boshqa a’zolari bilan o’z muammolarini ochiq-oydin bo’lishadi; d)o’z noroziligini konstruktiv ravishda ifoda etadi; e)komandaning boshqa a’zolari yutuqlarini qo’llab-quvvatlaydi; f)komandaning boshqa a’zolari bilan o’z fikrlarini adolatli va konstruktiv bo’lishadi; g)komandaning barcha a’zolari qo’llab-quvvatlaydigan qarorlar uchun kurashadi; h) kasbiy bilim va tajribalarini komandaning boshqa a’zolari bilan bo’lishadi; i)bilim va tajribaga ega bo’lish maqsadida guruh tarkibida ishlash imkoniyatlarini qidiradi; j)komandaning boshqa a’zolari bilan munosabatlarni o’rnatish va mustahkamlash maqsadida ularga yordam hamda ma’lumotlarni taklif qiladi. 3.Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari. Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari boshqaruv jarayonida vujudga keladi va o’ziga xos psixologik xususiyatlar tariqasida namoyon bo’ladi. Bizga ma’lumki, personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bular tashkilotning iyerarxik tuzilmasi, madaniyat, bozor omillaridir. Ushbu ta’sir ko’rsatish omillari juda murakkab tushunchalar bo’lib, amaliyotda kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida ravishda qo’llanadi. Ulardan birontasi qanchalik ustuvor bo’lsa, tashkilotdagi iqtisodiy vaziyat qiyofasi ham shunday bo’ladi. Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida qo’l ostidagi xodimlarga ijobiy ta’sir ko’rsata olishi, o’zgalar bilan til topisha bilishi, o’z ishini faol, aniq va samarali bajara olishi, aqliy harakatlarini to’g’ri safarbar qila olishi, nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi. Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir. Download 290.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling