1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
O‘zbek milliy pazandachilik texnologiyasi
Ajratilgan soat
40
Mavzular soni
20
Dasturning maqsadi
« O‘zbek milliy pazandachilik texnologiyasi» fani
«Oshpaz» kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga
mo‘ljallangan. Bu fanning asosiy maqsadi milliy
pazandachilik fani sifatli o‘zbek milliy pazandachilik
mahsulotlari
tayyorlash
texnologik
jarayonlarini
o‘rgatadi. Davlat standartiga ko‘ra milliy pazandalik
mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va ovqat
sifatida istemol qilishga yaroqligini, istemolchining
salomatligi uchun xavfsiz, mazali taom tayyorlash
o‘rgatishdan iborat. Shuningdek dastur o‘zbek milliy
pazandachilik mahsulotlarini tayyorlashda texnologik
jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Texnologik
jarayoniga ish o‘rnini tayyorlash; o‘zbek milliy
pazandachilik xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki
ishlov berish. o‘zbek milliy sovuq taomlarni tayyorlay
olish; o‘zbek milliy suyuq taom turlarini tayyorlash;
Sabzavot, baliq,go‘sht,parranda go‘shtlaridan o‘zbek
milliy quyuq taomlarni tayyorlash;Turli sovuq taomlarini
va un mahsulotlaridan turli taomlarini, turli issiq va sovuq
shirin taomlarini ,issiq va sovuq ichimliklarni tayyorlash
Taom
tayyorlashda
texnologik
yuriqnomalar
va
ma’lumotnoma hujjatlardan tug‘ri foydalana olish;
O‘zbek milliy pazandachilik taomlarini tayyorlash
,tarqatish va xizmat ko’rsatish haqidagi bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-o‘zbek milliy taomlarini xususiyatlarini
-o‘zbek milliy covuq taom va gazaklari tayyorlashni. ---
o‘zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlashni.
-xasip, norin, do‘lma taomlarini tayyorlashni.
-jarkoblarni tayyorlashni.
-shavlalar, palovlarni tayyorlashni.
- kaboblarni tayyorlashni.
-mantilar,chuchvara, lag‘mon, xonimlarni tayyorlashni.
-somsalar va uning xillarini tayyorlashni.
-milliy salqin ichimliklarni tayyorlashni.
-bo‘g‘irsoq ,qush tili, chak-chaklarni tayyorlashni.
- taomlarini sifatini baxolash;
- taom tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni qayd
qilish va ularni bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |