Boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
31010501 - Oshpaz-qandolatchi33
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
- Mavzular soni 20 Dasturning maqsadi
Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkillashtirish fanidan o’quv dasturlari Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi “ O’quv metodik birlashmasining 2022 yil 25 - avgustdagi 6-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o’rta maxsus ,kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022 yil 29 - avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2022 yil 30 - avgustdagi 295-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI. Tuzuvchilar: Ustababayeva Xafiza Artikovna Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi metodik bo’limi boshlig’i. Taqrizchilar: Umarov Akbar Xamdamovich. O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi raisi 1. O‘quv dasturi umumiy talablari Dastur nomi Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkillashtirish. Ajratilgan soat 60 Mavzular soni 20 Dasturning maqsadi “Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkillashtirish ” fani dasturining maqsadi umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkillashtirish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oliy darajada olib borish. Dasturda xizmat qismi texnikasi bilan birga ishlab chiqarish sexlarining tavsifi beriladi. Bu fan bo‘lajak mutaxassislar uchun eng zarur hisoblangan bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi“Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkillashtirish ” fani oshpaz- qandolatchi kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fannning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotida oziq- ovqat mahsulotlarning xom-ashyo hisobi zahiralarini,ularni miqdor va sifat jihatdan qabul qilishni olib borishni takomillashtirish. Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga o‘tish davrida respublikamiz iqtisodiyotining ahamiyati beqiyos ravishda oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishsexlarini faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatda mavjud bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkillashtirish va hizmat ko’rsatish tizimini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirish iqtisodiyotning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Buning uchun servis milliy standartlari ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda, ular esa o‘z asosida xalqaro standartlarga tayanadi va respublikamizda ishlab chiqarish tizimining xususiyatlarini e’tiborga oladi.Ushbu o‘quv dasturning maqsadi umumiy ovqatlanish korxonalarida tashkillshtirish va servis tuzishning mohiyati va vazifalarini yoritib berish orqali kasbiy fazilatlar shakllantirishdan iborat. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling