Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Binolarda havo almashinuvini tashkil etish sxemalari
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turar joy va jamoat binolari
Binolarda havo almashinuvini tashkil etish sxemalari.
Tayanch so‘z va iboralar:Turar joy va jamoat binolari, yuqoridan-yuqoriga, yuqoridan – pastga va yuqoriga, pastdan – yuqoriga va yuqoridan – pastga, pastdan – yuqoriga va pastga Bino vazifasiga ko‘ra havo almashinuv sxemalari quyidagicha bo‘ladi: Turar joy va jamoat binolari. Turar joy, yotoqxonalar va mexmonxonalarda havo almashinuvining eng oddiy sxemasi ishlatiladi. Bu binolarda xonalarning yuqori qismidan normalar bo‘yicha talab etilgan havo miqdorlari so‘rilib chiqariladi. Toza havo esa tashkil etilmagan holda deraza, fortochka va tashqi to‘siqlarning zich bo‘lmagan qismlarda xonaga kiradi. Ventilyasiya ya’ni rostlash va havo almashinuvini o‘zgartirish derazalarni ochib-yopish bilan amalga oshiriladi. Bunday ventilyasiya oshxona, san-uzel, vanna, dush xonalari va turar joy xonalarida ishlatiladi. YUqori kategoriyali mehmonxonalarda toza havo xonalarning yuqori qismida uzatilib san-uzel va vanna xonalaridan so‘rilib chiqarib yuboriladi. 1500 m3 gacha bo‘lgan ma’mo‘riy binolarda ventilyasiya xonalarining yuqori qismidan havoni so‘rib chiqarish va derazalardan tashkil etilmagan holda havo kirish ko‘rinishida amalda oshiriladi. Kattaroq binolarda yuqori qismidan so‘rildan havoni o‘rnini yuqori qismida toza havo berish bilan qoplanadi, ya’ni “yuqoridan-yuqoriga” sxema ishlatiladi. “YUqoridan-yuqoriga” sxemasi jamoat binolarda ham qo‘llaniladi, bu maktablarda, bog‘chalarda, OO‘YUlarda, magazinlarda va boshqalarda. Klub va kinoteatr zallarida havo almashtirish sxemalari ularning o‘lchamlarida, foydalanish rejimida, iqlim sharoitlarida bog‘liqdir. Bu xonalarda qo‘yidagi ventilyasiya sxemalari tavsiya qilinadi: a) 400 o‘rinli balkoni yo‘q bo‘lgan zallarda toza havo yuqori va o‘rta zonalarida beriladi; b) 400 o‘rindan ko‘p bo‘lgan balkoni yo‘q zallarda toza havo yuqori zonalarda orqa devorning bir joyda joylashgan tirqishlar orqali dorizontal havo oqimlari bilan, yoki shiftda joylashgan panjara va plafonlar yordamida ekran tomoniga qarab chiqariladi; v) balkonli zallarda qo‘shimcha havo miqdorini uzatish ko‘zda tutiladi. Bu havo orqa devorda balkon ostida joylashgan tirqishlardan uzatiladi. d) so‘rib chiqarish tirqishlari shiftda yoki ekran tomonidagi devorning yuqori qismida joylanishi lozim. d) qish paytida so‘rilib chiqariladigan havoning bir qismi retsirkulyasiyadan yuboriladi. Zamonaviy binolarda ham (biznes markaz, ofislar, konsert zallari) deyarli shu havo almashuv sxemalar qabul qilinadi. Sanoat binolarida qo‘yidagi sxemalar ishlatilishi mumkin: A) «yuqoridan – pastga va yuqoriga» – agarda zararli uchar gazlar (spirt, atseton, toluol va boshqalar) va chang ajralsa. Toza havo yoyilgan holda yuqoriga beriladi va mahalliy ventilyasiya orqali pastdan so‘riladi. V) «yuqoridan-yuqoriga» – issiqlik namli payvandlash aerozollari ajragan paytida. S) «pastdan – yuqoriga va yuqoridan – pastga» – chang va issiqlik bir paytda ajralgan vaqtidan; toza havo ishchi zonaga va yuqoriga beriladi va mahalliy ventiyasiya orqali pastdan va umumalmashuv ventilyasiya orqali yuqoridan ifloslangan havo so‘riladi. D) «yuqoridan va pastdan – yuqoriga» bir paytda issiqlik va namlik ajraladigan xonalarda ishlatiladi; tuman paydo bo‘lishini oldini olish uchun toza havo bir paytda yuqoriga va ishchi zonasiga berilib yuqori zonasidan so‘rilib turiladi. Odatda galvaniq vannalar bor sexlarda ishlatiladi. E) «pastdan – yuqoriga va pastga» – har xil zichlikka ega bo‘lgan zararli moddalar ajraladigan xonalarda va yuqorigi qismida portlashi mumkin bo‘lgan moddalarni to‘planishini bartaraf etish kerak bo‘lgan hollarda (bo‘yoq, akumulyator sexlari); toza havo ishchi zonaga beriladi, yuqori va pastki zonalardan havo so‘rib chiqariladi. Xonalarni ventilyasiya jarayonida ularda turli xil havo oqimlari paydo bo‘ladi. Havo oqimlari havo quvurlarining oqib kelish tirqishlaridan boshlanib xonaga tarqaladi. Bu oqim xona hajmida zararli moddalarning konsentratsiyasi tezlik va harakat maydonlarini hosil qiladi. Xonaga oqib keladigan havoni to‘g‘ri taqsimlashda havo oqimlari katta rol o‘ynaydi. Ventilyasiya texnikasida havo oqimlari xonadagi havo bilan aralashadi, bunday oqimlar cho‘ktirilgan deb ataladi. Gidrodinamik rejimiga ko‘ra havo oqimlari laminar va turbulent bo‘lishi mumkin. Oqib keluvchi ventilyasion havo oqimlari har doim turbulent bo‘ladi. Havo oqimlari izotermik va izotermik bo‘lmagan oqimlarga bo‘linadi. Izotermik oqimlarda butun oqim bo‘ylab harorat o‘zgarmas bo‘lib xonadagi havo haroratiga teng. Agarda haroratlar farqi mavjud bo‘lsa bunday havo oqimlari izotermik bo‘lmagan oqimlar bo‘ladi. Xonalarni ventilyasiya qilishda ko‘pincha izotermik bo‘lmagan oqimlar ishlatiladi. Agarda havo oqimi o‘z yo‘lida to‘siqlarga duch kelmasa va erkin harakatda bo‘lsa bunday oqim erkin oqim deyiladi. Agarda oqim o‘z yo‘lida to‘siq konstruksiyalari bilan qisilgan bo‘lsa u holda erkin bo‘lmagan yoki qisilgan oqim deyiladi. Umumiy holda albatta xonaning to‘siq konstruksiyalari oqib keluvchi ventilyasiya havo oqimlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Lekin ma’lum sharoitlarda bu ta’sirni hisobga olmasdan turib oqib keluvchi havo oqimlarini erkin oqimlar deb ko‘riladi. Havo oqimi to‘siq konstruksiyasining sirtiga yaqin joylashgan tirqishgan hosil bo‘lsa, (masalan shiftga) va bu sirtga parallel tarqalib unga yoyilsa bunday oqim yoyilgan deyiladi Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling