hamda kolleksiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun
topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun
kо‘pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. Yoz davomida V sinf
о‘quvchilariga poya, ildiz va barglari har xil shakldagi о‘simliklarni
yig‘ish. VI sinf о‘quvchilariga madaniy va yovvoyi о‘simliklarni yig‘ish
va gerbariy tayyorlash; VII sinf о‘quvchilariga hayvonlar ustida kuzatish
olib borish, hasharotlardan kolleksiyalar tо‘plash kabi topshiriqlar
beriladi. О‘simliklarni hamda ularda yashaydigan hasharotlarni, ular
yetkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini kо‘rsatadigan
biologik kolleksiyalar katta ahamiyatga ega. О‘qituvchi ixtiyorida yozda
chet ellarga ota-onalari bilan sayohatga boruvchi о‘quvchilar yordamida
xonani qiziqarli obyektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor.
О‘qituvchi о‘quvchilarning qayerga borishini oldindan bilib olib,
kabinet uchun kerakli obyekt olib kelish tо‘g‘risida topshiriq beradi.
Albatta bunday topshiriqlar tabiat muhofazasini hisobga olgan holda
bо‘ladi.
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan
fenologik kuzatishlar alohida о‘rin tutadi. О‘quvchilar har kuni
kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy о‘zgarishlarni yozib boradilar.
О‘simlik va hayvonot dunyosida olib boriladigan fenologik kuzatishlar
ob-havoning holati bilan bog‘lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar
olib boriladi. Bu kuzatish ma’lumotlari о‘simliklar va hayvonlarning
rivojlanishi hamda xulq-atvori bilan taqqoslanadi. Tirik tabiat
Do'stlaringiz bilan baham: |