Botanika darslarini topishmoqlardan foydalangan holda


-dars.Dars mavzusi: Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘yicha umumlashtiruvchi


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.04.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1364361
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-amaliy mashgulot metodika (2)

 
58-dars.Dars mavzusi: Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘yicha umumlashtiruvchi 
dars. 
I. Tashkiliy qism.Salomlashish, sinf xolatini kuzatish, davomatni aniqlash, ma’naviy daqiqa 
o‘tkazish. 
II. O‘quvchilarni darsning maqsadi, borishi bilan tanishtirish. 
Darsning ta’limiy maqsadi. O‘quvchilarning yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi bo‘yicha 
o‘zlashtirgan bilimlarini umumlashtirish va sistemaga solish. 
 Darsning tarbiyaviy maqsadi. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, 
iqtisodiy, gigienik tarbiya berish. 
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.O‘quvchilarning yopiq urug‘li o‘simliklarning xilma-
xilligi, o‘simlik bo‘limlarining o‘ziga xos tuzilishi haqidagi bilimlari, obektlarni tanish va 
ajratish, yopiq urug‘li o‘simliklar vakillarini tanish va mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikr yuritish
ko‘nikmalarini rivojlantirish. 


Darsni jihozlash. «Yopiq urug‘li o‘simliklar»ga oid jadvallar, gerbariylar. 
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Xamkorlik ta’lim texnologiyasi (Birgalikda o‘qiymiz 
metodi), topishmoqlar asosida. 
Darsning borishi
III. O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish. 
Umumlashtiruvchi dars "Zakovat" o‘yini shaklida tashkil etiladi. 
O‘quvchilar 4-5 ta guruhga ajratiladi. Har bir guruhga quyidagi topshiriqlar beriladi. 
1-topshiriq. "Kim chaqqon" o‘yini. O‘qituvchi topishmoqlarni navbati bilan e’lon qiladi. 
O‘quvchilarga topishmoqqa javob topishlari uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Qaysi guruh
birinchi bo‘lib javob bersa shu guruhga 1 ball beriladi. Agar guruh javobi noto‘g‘ri bo‘lsa
keyingi guruh javob beradi. Topishmoqlar soni har bir oila uchun 10 tadan kam bo‘lmasligi 
kerak. 
 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling