Botanika fanidan kurs ishi mavzu: “bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati.” Kurs ishi rahbari


Download 0.51 Mb.
bet6/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1383261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
202 Bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati

2.4 R A D I A L B A R G
Radial bargga misol qilib, qarag‘ay bargini olamiz. Qarag‘ayning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, boshqa barglarga o‘xshash epidermis bilan qoplangan. Epidermis xujayralarining po‘sti qalin, tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar epidermisda chuquroqda joylashgan. Epidermisni ichkari tomonida mexanik to‘qima Gipoderma joylashgan. Gipoderma bargga qattiqlik berishdan tashqari, epidermis shikastlanganda qoplog‘ichlik vazifasini bajarib turadi. Bargning assimilyatsion to‘qimasi chokli parenxima (skladchataya parenxima)dan tashkil topgan.Chokli parenximada xujayra ichkari tomonga kiradi. Assimilyatsion to‘qima bargning po‘stloq qismiga joylashgan. Bargning po‘stloq qismida smola yo‘llari bor. Smola yo‘li atrofida 2 qavat xujayralar joylashgan.1 qavati tirik xujayralardan iborat bo‘lib, uni Epitelial xujayra deyiladi. Ba’zi olimlarning fikricha epitelial xujayralar smola ishlab chiqaradi. Epitelial xujayra atrofida mexanik to‘qimaga kiruvchi o‘lik xujayralar joylashgan. Bargning markaziy qismi ichkari tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to‘qima, mexanik to‘qima sklerenxima hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarida floema ksilemaning yuqori tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyaga o‘xshab) Qarag‘ay ochiq urug‘li o‘simliklarga kirgani uchun o‘tkazuvchi to‘qimada suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya’ni suv va suvda erigan moddalar traxeidlar orqali o‘tib turadi.
Xulosa
O’simliklarning tuzilishi va atrof-muhit omillariga moslashishi, o’simliklarning dunyo bo’yicha tarqalishi, taksonomiyasi, hayotiy shakllari, kelib chiqishi, taksonomik birliklar, toksonlarga bo’linish qonuniyatlarini o’rganish talabalarni prokariot va eukariot organizmlar va evolyutsion rivojlanish natijasida kelib chiqqan tuban o’simlik guruhlari bilan tanishtirish (suvo’tlar, zamburug’lar va lishayniklar) O’simliklar organizmini, uning makro va mikro tuzilishini, moslashuvchan xususiyatlarini, ontogenezdagi o’zgarishlar, ko’payish usullari, sistematik tasnifi o’simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati haqida ta’lim berish, ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
O‘simliklar hayot faoliyatining umumiy qonuniyatlarini bilishga va fiziologik jarayonlarning molekulyar asosini ochishiga yordam berish. Shuningdek, hozirgi zamon o‘simliklar fiziologiyasining metodologik aspektlarini yoritishdan iborat. Tadqiqotlarning har xil turlari, xususan subhujayra, xujayra, organizm va biotsenoz darajalari o‘simliklar fiziologiyasining yuksalishini belgilovchi zarur shartlardan biridir.
Ulardan foydalanish usullarini; zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash; mikropreparatlar tayyorlashni; o’quv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni; olingan natijalarni tahlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatishdan iborat.
O‘simliklar fiziologiyasi fani bo‘yicha bakalavr: o‘simlik hujayrasi fiziologiyasi, o‘simliklarda boshqaruv va integratsiya tizimlari, o‘simliklarda suv almashinuv xususiyatlari, o‘simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati, yorug‘lik energetikasining kimyoviy energiyaga aylanishi, fotosintez fiziologiyasi, nafas olish jarayoni, uning moddlar almashinuvi va energetikasidagi o‘rni, o‘simliklarning geterotrof oziqlanish usullari, o‘simliklarda moddalarning tashiluvi va moddalarning ajralishi, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, o‘simliklarning harakatlari, tinim davrlari, o‘simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling