Botanika fanidan kurs ishi mavzu: “bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati.” Kurs ishi rahbari


Download 0.51 Mb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1383261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
202 Bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati

A И D E F
1.1-rasm. Barglar xillari:
A-B - bandli va yonbargchali (A-oddiy, B-murakkab); D-o‘troq; E-F - qinli (F-novsimon); 1-poya; 2-yonbargchalar; 3-bandi; 4-barg yaprog‘i; 5-raxis; 6-bargcha; 7- qin; 8-quloqcha; 9-tilcha.

1.2.Oddiy va murakkab barglar


Oddiy barglar. Barg bandiga bitta barg plastinkasi o‘rnashgan bo‘lsa, oddiy barglar deb ataladi (2-rasm). Ular kuzda o‘z bandi bilan birga to‘kiladi.
Buni g‘o‘za, olma, terak, shaftoli barglarida kuzatish mumkin. Oddiy barglar plastinkasi ignasimon, nishtarsimon, yuraksimon, buyraksimon, panjasimon va boshqa ko‘rinishga ega. Barg plastinkalarining qirralariga qarab ham barglar bir necha xil bo‘ladi. Masalan, tekis qirrali barglar: behi va limon o‘simliklarida tishsimon qirrali barglar tutda, arrasimon qirrali barglar esa qayrag‘ochda uchraydi.

2.2-rasm. Barg shakllari:
1-ninasimon; 2-qalami; 3-cho‘zinchoq; 4-nashtarsimon; 5-6-ovalsimon; 7-dumaloq; 8- tuxumsi- mon; 9- teskari tuxumsimon; 10-rombsimon; 11-kuraksimon; 12-yuraksimon; 13-buyraksimon; 14-yoysimon; 15-nayzasimon; 16-lirasimon;

Barg yaprog‘lari o‘yiq o‘simliklar ham bor. Agar barg yaprog‘ining cheti barg enining o‘rtadan bir qismigacha o‘yilgan bo‘lsa o‘yma barg deb ataladi. Bunday barglarni eman, zarang, g‘o‘za, chinor kabi daraxt o‘simliklarda ko‘rish mumkin.


O‘yiqlar barg plastinkasining yarmigacha borsa, bo‘lingan barglar deb ataladi.
Agarda o‘yiqlar bargning markaziy tomirigacha yetgan bo‘lsa, ular qirqilgan barglar deb ataladi. Bunga sabzi va tarvuz barglarini misol qilish mumkin (56- rasm).
Murakkab barglar. Agar barg bandida bir nechta barg plastinkachalari o‘rnashgan bo‘lib, kuzda oldin barg plastinkachalari va asosiy barg bandi alohida- alohida to‘kilsa murakkab barg deb ataladi. Murakkab bargning asosiy bandi raxis deyiladi (3-rasm).



2.3-rasm. Murakkab barglar:
A-toq patsimon murakkab barg; B-juft patsimon murakkab barg; D-uch bargchali murakkab barg; E-panjasimon murakkab barg; F-ikki karrali juft patsimon murakkab barg; G-ikki karrali toq patsimon murakkab barg; H-uch karrali toq patsimon murakkab barg: 1-bargcha; 2-bandchasi; 3- raxis; 4-bandi; 5-yonbargcha; 6-ikkinchi tartib raxis; 7-uchinchi tartib raxis.

Murakkab barglarning bir necha turi mavjud. Uch bargchali murakkab barglarga yo‘ng‘ichqa va sebarga misol bo‘ladi. Panjasimon murakkab barglar (lyupin, nasha, kashtan o‘simliklarida) asosiy barg bandining uchiga panjasimon shaklda o‘rnashgan. Patsimon murakkab barglar toq va juft bo‘ladi. Toq patsimon bargda asosiy barg bandiga bargchalar ketma ket yoki qarama-qarshi joylashib, uchi ham bargcha bilan tugaydi. Akatsiya, no‘xat, o‘simliklari shunday bargga ega bo‘lib, ulardagi bargchalarning soni ham toq bo‘ladi. Agar barg bandining uchi tikan yoki jingalak bo‘lib tugasa, bargchalarning soni juft bo‘ladi va juft patsimon barglar deb ataladi. Xashaki no‘xat, yasmiq va no‘xatak kabilarda shunday barglar mavjud.


Bir nechta toq patsimon murakkab barglar asosiy barg bandida ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashsa (mimoza, gledichiyada) bunday barglar qo‘sh patsimon yoki ikki karra patsimon murakkab barglar deb ataladi.
Barg tomirlanishi. Barg yaprog‘i asosan mezofill (et) hamda tomir qismdan tashkil topgan. Bargning mezofill qismi assimilyatsiya to‘qimadan iborat, tomirchalar barg plastinkasini tik tutib, egilib bukilib ketishdan saqlaydi ham unda o‘tkazish vazifasini bajaruvchi nay bog‘lamlari mavjud. Tomirlar ko‘pincha
bargning ostki qismida bo‘rtib turadi. Oddiy tomirlanishda barg asosidan to uchiga qadar bitta tomir ketadi. Bunday tomirlanish moxlar, plaunlar, ochiq urug‘lilar va ayrim gulli o‘simliklarda (elodeya) bo‘ladi. Dixotomik tomirlanish ayri ko‘rinishida bo‘lib, keng bargli ochiq urug‘lilardan relikt tur ginkgo (Ginkgo biloba L.) o‘simligida kuzatiladi. Ba’zi o‘simliklar (tol, olma, otquloq)ning barglarida barg uchidan bandgacha boradigan bitta markaziy tomir bo‘ladi va undan barg plastinkasining yon tomonlariga ketma-ket yon tomirlar tarqaladi. Bunday tomirlanish patsimon tomirlanish deb ataladi. Agar barg yaprog‘ining asosida bir nechta o‘xshash tomirlar chiqib uning barcha tomoniga tarqalgan bo‘lsa, panjasimon tomirlanish bo‘ladi. Buni terak, chinor, tok va g‘o‘za bargida ko‘rish mumkin. Barg plastinkasining asosidan tarqalgan tomirlar barg uchiga borib yana bir-biriga yaqinlashsa yoysimon tomirlanish deb ataladi. Bunga misol tariqasida zubturum va jilonjiyda bargini kuzating. Tomirlar barg plastinkasida parallel joylashsa parallel tomirlanish deb ataladi. Bug‘doydoshlar oilasini vakillarining bargi bunday tomirlanishga yaqqol misoldir (4-rasm).
Tomirlanish sistemasi bir o’simlikdagi barg plastinkasida ham har xil bo’lishi mumkin. Bunda, pastki yarusdan yuqori yarusga qarab tomirlar oshib boradi.



1.4-rasm. Barglarning tomirlanishi:


A - oddiy; B - dixotomik; D-E - to‘rsimon (D - patsimon; E - panjasimon); F - parallel; G – yoysimon

1.3 Barglarning katta kichikligi va yashovchanligi


Barglar o‘simlik turiga qarab har xil kattalikda bo‘ladi. Bazi bir o‘tsimon o‘simliklarda ularning kattaligi bir necha mm. ni tashkil qilsa, bazilarida metrlar bilan o‘lchanadi: masalan, Afrika va janubiy Amerikada o‘sadigan palmalar bargining uzunligi 20-22, eni esa 10-12 metrga yetadi. Markaziy Osiyo tog‘larida o‘sadigan ravochlarning (Rheum) bazi bir turlari yirik bargga (1 m gacha) ega.
Barg o‘simliklarda o‘zgaruvchan organdir, shuning uchun bir o‘simlikning o‘zida har xil shakldagi va kattalikdagi barglarni uchratish mumkin. O‘simliklarda uchraydigan ana shunday hodisaga har xil barglilik yoki geterofiliya (grekcha “geteros”-har xil, —fillon-barg) deb ataladi (5-rasm). Bunday hodisani tut daraxtida, anjirda, suv ayiqtovonida kuzatamiz. Tut daraxtining bitta novdasida butun hamda bo‘lakli barglarni uchratish mumkin.

5-rasm. Geterofilliya:
A-suv ayiqtovoni; B-o‘qbarg; C-bug‘u shoxi paporotnigi: 1-suv ustidagi barg; 2-suv ostidagi barg; 3-spora va fotisintez qiluvchi barg; 4-to‘liq barg
O‘simliklarda barglarning yashash muddati ham turlichadir. O‘simliklarning ko‘pchiligi har yili kuzda bargini to‘kadi. Barg bandlari asosida hujayralarning maxsus ajratuvchi qavati hosil bo‘lishi sababli xazonrezgilik sodir bo‘ladi. Barglarning o‘z vegetatsiyalarini tamomlab bir vaqtda to‘kilishiga xazonrezgilik deyiladi. Xazonrezgilik ma’lum qonuniyatga asoslangan bo‘lib, u yer yuzining har xil sharoitida o‘sadigan o‘simliklar uchun xosdir. Xazonrezgilik o‘simliklarning irsiy belgisi va fiziologik holati bo‘lib, ular shu jarayon natijasida tinim davriga o‘tib, yangi biologik jarayonlarni hosil bo‘lishi uchun zamin hisoblanadi. Tol, terak va mevali daraxtlar bargi to‘kiladigan daraxt o‘simliklar hisoblanadi.
Doimiy yashil o‘simliklarning barglari bir necha yil yashaydi. Bularga nina bargli o‘simliklardan qarag‘ay, oqqarag‘ay, qoraqarag‘ay; keng bargli o‘simliklardan shamshod, normushk; subtropik o‘simliklardan palma, choy, lavr misol bo‘ladi.
Masalan, qarag‘ay bargi 2 yil, qora qarag‘ay bargi 5-7 yilgacha, lavr bargi 4, oleandr bargi 3 yilgacha yashaydi. Janubiy-g‘arbiy Afrikada o‘sadigan velvichiya barglari esa 100 yilgacha nobud bo‘lmaydi. Ular barg asosi bilan o‘saveradi, uchi esa qurib ketaveradi.
Barglarning novdalarda joylashishi
O‘simliklarning barglari ma’lum bir tartibda, tabiat qonuniyatlari asosida - har doim bir-biriga soya qilmaydigan holda joylashadi.
Navbat bilan yoki ketma-ket joylashish. Bunda novdaning har qaysi bo‘g‘imidan faqat bittadan barg chiqib, novda bo‘ylab pastdan yuqoriga: bir-biriga teskari yoki spiral holda birin ketin navbat bilan joylashadi. Masalan, olma, o‘rik, olcha barglari spiralsimon yoki ketma-ket joylashgan (6-rasm).
Qarama-qarshi joylashish. Novdaning har qaysi bo‘g‘imida bir-biriga qarama-qarshi ikkita barg joylashsa, qarama-qarshi joylashish deb ataladi. Rayhon, yalpiz va nastarin barglari bunga misol bo‘ladi.

6-rasm. Barglarning novdada joylashish xillari:
A - navbatlashib, B - qarama-qarshi, V - G - D - halqasimon joylashish.
Halqasimon yoki doiraviy joylashish. Novda bo‘g‘imida uch va undan ziyod barglar joylashsa, halqasimon yoki doiraviy joylashish bo‘ladi: elodeya, qirqbo‘g‘im, oleandr (sambitgul), qumrio‘t barglari halqasimon joylashgan.
Agar o‘simliklarning yoki bir novdaning barglariga quyosh tushadigan tomonidan qaralsa, ularning hammasini ko‘rish mumkin. Hattoki ostki barglar ustki barglarga nisbatan birmuncha uzun bo‘lib, quyosh yorug‘ligiga talpinib turadi. Barglarning bunday joylanishiga barg mozaikasi yoki naqshlari deb ataladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling