Botanika fanidan kurs ishi mavzu: “bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati.” Kurs ishi rahbari


Bargning hosil bo‘lishi va rivojlanishi (ontogenezi)


Download 0.51 Mb.
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1383261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
202 Bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati

2.2 Bargning hosil bo‘lishi va rivojlanishi (ontogenezi). Barg novdaning yon organi. O‘simliklarning birinchi vegetativ bargi urug‘palla bo‘lib, u ham apeks uchun novda paydo bo‘lmasdan oldin murtak tanasining mutaxassislashidan yuzaga keladi. Keyin hosil bo‘ladigan primordial (lot. —primordium ’’-dastlabki,
boshlang‘ich) barg novdaning o‘sish konusidagi meristemadan akropetal tartibda ekzogen bo‘rtmalar yoki do‘mboqchalar ko‘rinishida vujudga keladi. Avvalo uning protoderma yoki boshlang‘ich epiderma hujayralari bir xil (antiklinal) bo‘linadi. Keyinchalik hosil bo‘lgan dumboqchalar differentsiatsiya (lot. tafovut) farqlanib ikki: yuqori (apekal) va pastki (bazal) qismlarga bo‘linadi.
Ontogenezda primordial bargning apekal qismdagi barg (plastinkasi) va band, bazal qismidan esa barg asosi va yon bargcha o‘sib yetishadi. Ikki urug‘ pallali o‘simliklarda barg (plastinkasi) odatda bazipetal ravishda yuzaga keladi, ya’ni uni uchi oldinroq tashkil topadi. Primordiyning apekal va bazal qismlari o‘rtasida interkalyar o‘sish sodir bo‘lishligi sababli barg bandi hammadan keyin paydo bo‘ladi. Murakkab barglar ham xuddi oddiy barglarday paydo bo‘ladi (10-rasm).

2.3 -rasm. Olcha oddiy bargining rivojlanishi (Prunus domestica):

1 - 3 - bargning rivojlanish bosqichlari; 4 - rivojlangan barg; a - bargning yuqori qismi: prl - y


2.3 Bargning anatomik tuzilishi

Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo‘ladi:


1.Dorzoventral
2.Izoloterial
3.Radial
Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‘xshash bo‘lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
Radial bargning tuzilishi novdaga o‘xshash bo‘ladi.Bargning ichki tuzilishi o‘simlikning yashash sharoitiga ham bog‘liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Kserofit o‘simliklar deyiladi.
O‘rta iqlimda yashaydigan o‘simliklarni Mezofit deyiladi.
Suv va nam sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Gidrofit deyiladi. O‘simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi taraqqiy etgan.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan 2 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima bo‘lmaydi.
Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‘ladi.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat:
1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil
2.Bargning tomir o‘tgan qismi
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Odatda qoziqsimon to‘qimaning ichkari tomonida bulutsimon to‘qima joylashgan. Qoziqsimon to‘qima zich joylashgan bo‘ladi. Bulutsimon to‘qimaning xujayralari orasida bo‘shliq bo‘ladi. Bargning mezofil qismida ba’zi xujayralarda kristallar to‘planadi. Ba’zilarning xujayrasida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zan mezofillda toshsimon xujayra sklereid uchraydi. Mas:choyning bargida. Ba’zan o‘simliklarning mezofilida oshlovchi dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan xujayralari uchraydi. Mas: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalarni-assimilyatsion to‘qima deb ham yuritiladi.Chunki ularning xujayrasida fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Bulutsimon to‘qi-ma siyrak joylashganligi uchun xujayralar oralaridan xavo o‘tib turadi. Natijada barg shamollatib turiladi. Shuning uchun bu to‘qimani ventelyatsion to‘qima deb ham yuritiladi. Bargning tomir o‘tgan qismida mexanik to‘qima kollenxima, asosiy to‘qima, hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarining soni 1 tadan 7 tagacha boradi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamida kambiy bo‘lmaydi. Ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. Floema kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyadan farqi) bargning yumshoq qismiga qattiqlik beruvchi mod-dalarni idioblast deyiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling