Botanika fanidan kurs ishi mavzu: “bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati.” Kurs ishi rahbari


Download 0.51 Mb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1383261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
202 Bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati

Ilmiy-nazariy asoslarini; ulardan foydalanish usullarini; zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash; mikropreparatlar tayyorlashni; o’quv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni; olingan natijalarni tahlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatishdan iborat.
O‘simliklar fiziologiyasi fani bo‘yicha bakalavr: o‘simlik hujayrasi fiziologiyasi, o‘simliklarda boshqaruv va integratsiya tizimlari, o‘simliklarda suv almashinuv xususiyatlari, o‘simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati, yorug‘lik energetikasining kimyoviy energiyaga aylanishi, fotosintez fiziologiyasi, nafas olish jarayoni, uning moddlar almashinuvi va energetikasidagi o‘rni, o‘simliklarning geterotrof oziqlanish usullari, o‘simliklarda moddalarning tashiluvi va moddalarning ajralishi, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, o‘simliklarning harakatlari, tinim davrlari, o‘simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Obyekti. O‘simliklar fiziologiyasi fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 5 semestrda o‘qitiladi. Dasto‘rni amalga oshirish uchun o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biometriya, fizika, anorganik va analitik kimyo, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo), umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Predmeti. Respublikamizning iqtisodiy tarmoqlaridan biri qishloq xo‘jaligi sohasidir. Bu sohada bevosita qishloq xo‘jaligi ekinlaridan - g‘o‘za, bug‘doy va
Kurs ishining hajmi. 30 bet, 2 ta bob, Kirish, xulosa va adabiuoytlardan tashkil topgan.


I BOB BARG
1.1 Barg sathininng asosiy funksiyasi
O’simliklarda barglar katta sathini tashkil etadi. Yashil barg sathininng asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya (suvni bug’lab havoga chiqarish) dan iboratdir.
Barg yassi shaklga ega uning ustki va ostki tomonlari dorzoventral (lat. dorzo-orqa, venter-qorin) tuzilgan. Suv transpiratsiya tufayli poya orqali yuqori ko’tarilib turadi va shu sababli o’simliklardagi tirik hujayralar suv bilan ta’minlanib turgor hodisasi saqlanadi. Bundan tashqari transpiratsiya vositasi o’simliklarni qizib ketishidan saqlaydi. Barg sathining o’sishi yorug’likni tutishiga, gaz almashinishini kuchaytirishga va suvni bug’latishga bo’lgan moslamadir. Bu moslama uzoq davom etgan evolutsiya jarayonida o’simliklarni muhitga moslanishi natijasida vujudga kelgan.
Bargning (plastinkasi) yassi, uning ikki tomoni bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun bunday barglar bifasial (lat.bis-ikki, fasio-tomon, yuz) yoki ikki tomonli barg deb ataladi. Barg o’zi joylashgan o’qqa (poyaga) qaragan tomoni jihatidan har-xil, uning ustki qismi adaksial (lat. ad-ga,aksis-uk), yon yoki ostki qismi abaksial (lat, abudan) deb ataladi. Bargning ustki va ostki qismi anatomik tuzilishi, tomirlanishi va rangi bilan farq qiladi.
Yetilgan tipik barg uch qismdan: barg (plastinkasi, barg bandi va barg asosi (tagi)dan iborat. Kuzga ko’rinadigan tipik barg (plastinka)ning eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, u yassi shaklda,dorzoventral tuzilishda bo’lib, uning o’sishi cheklangan. Bargning katta-kichikligi har xil, eng yirik barg rafiya deb atalgan, patsimon bargli daraxtlarida 15-20 m, Janubiy Amerikaning tropik qismida, ayniqsa, Amazonka daryosi havzalarida ko’p tarqalgan Viktoriya regiya bargning diametri 2 metrgacha, eng kichik barg, volfiyada esa bir necha sm. gacha.
Bargning asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya, gaz almashinish, barg plastinkasida sodir bo’ladi. Barg plastinkasi bilan barg asosi o’rtasida barg bandi joylashgan. Uning shakli silindrsimon, yassi, uzun (yong’oqda) yoki qisqa (tolda) bo’lishi mumkin. Bandi bor barglar bandli barglar deb ataladi.
Ko’pgina o’simliklarda esa bargning asosi tarnovga o’xshab kengaygan bo’lib, poyani bir qismini o’rab oladi va barg navi yoki barg g’ilofi deyiladi. Barg g’ilofi bir pallali (bug’doydoshlarda) va ba’zi ikki pallali (ziradoshlarda) uchraydi. Barg g’ilofi tiniq (shaffof) parda (po’st)li yoki qo’ng’ir, kulrang bo’lishi mumkin.
Ko’pgina o’simliklarda barg bilan poyaning qo’shiladigan joyida ya’ni barg bandining asosida (tagida) bir juft alohida o’simtalar chiqadi, bularga yon bargchalar deb ataladi. Yon bargchalarning shakli pardaga, qobiqqa, mayda-mayda bargchalarga qiltanoq va ba’zan haqiqiy barglarga o’xshaydi. Yiriklashgan yonbargchalar fotosintez vazifasini bajaradi (masalan, no’xat, astradoshlarning ko’pchilik vakillarida).
Barg yuksak o’simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan. Barg
poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi meristema hujayralarining
rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi. Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi. Fotosintez, gazlar almashinuvi, suv bug‘latish, zahira oziq moddalarni saqlash, (karam, piyoz), himoya vazifasi (tikanaklar), vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi(yapon binafshasi, begoniya). Bulardan tashqari, uning shakl o’zgarishidan ko’rinishlari organik moddalarni g’amlash (karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) va vegetativ ko’payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarish mumkin. Odatdagi tuzilishli to’liq barg, barg yaproq’i, barg bandi va yonbargchalardan tashkil tongan.
Barg yapog’ining shakli niqoyatda xilma - xildir, u dumaloq , tuxumsimon,
nashtarsimon, uchburchak, buyraksimon, o’qyoysimon, ninasimon, tasmansimon, teskari tuxumsimon, ovalsimon, tangachasimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Barglar chekkasining tuzilish xarakteriga ko’ra tekis qirrali barg va o’yiqli barglar ajratiladi. Agar bargning qirrasi butun bo’lsa (siren, loviya, pista) tekis chetli barg deyiladi. Agarda bargning chekkasi kertikli bo’lsa qirrali barg deyiladi. Barg yaproqining chekka qirralarining shakliga qo’ra ular bir necha xilga ajratiladi: oddiy tishsimon yoki qo’sh tishsimon; arrasimon yoki qo’sh arrasimon, to’garaksimon, oysimon. Barg tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab barglar farq qilinadi. Agarda barg bandida faqat bitta barg bo’lsa, unga oddiy barg deyiladi. Bandsiz barglar ham oddiy barg deb yuritiladi. Murakkab barglarda barglar birnecha sondagi yaproqchalardan iborat bo’lib, ular qisqa bandlar yordamida umumiy barg bandiga birikkan bo’ladi.
Barglar kyrtigining qirqilish darajasiga qarab kertiksiz, bo’laklarga bo’lingan, bo’laklarga chuqur bo’lingan va qirqma barglar farq qilinadi. Turli o’simlik barglarining segmentlari soni va joylanish xarakteri hamda shakllariga qarab bir - birlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular uch bo’lakli (o’rmalovchi, ayiqtovonda), patsimon (valerianada) va panjasimon (zaharli ayiqtovonda) barglarda ajratiladi.Yaproqlarining soni va joylashish xarakteriga ko’ra uch bargli panjasimon va patsimon murakkab barglar farq qilinadi. Barg yaprog’ida tomirlar turli shaklda joylashishi mumkin. Shuning uchun ham oddiy (ninabarglilarda), dixotomik (ginko bargi), parallel, yoysimon va to’rsimon tomirlanishlar farq qilinadi. To’rsimon tomirlanishning patsimon (olma, nok barglarida) va panjasimon (zarangda) ko’rinishlari mavjud. Parallel va yoysimon tomirlanishlar aksariyat bir pallali o’simlik barglarida kuzatilib, ikki pallali o’simliklarda esa ko’pincha patsimon, panjasimon yoki to’rsimon tomirlanishlar uchraydi. Tomirlarning vazifasi suv va unda yerigan mineral hamda oziq moddalarni poyadan barglarga yoki aksincha, barglardan poyaga o’tkazishdan iboratdir. Bundan tashqari u bargga tayanch mustahkamlik beradi va turli tashqi mexanik ta'sirlardan (yomg’ir, do’l va boshqalardan) muhofaza qiladi.
Ko’pchilik o’simliklarning bargi poyaga bandi yordamida birikadi. Bunday barglar bandli barglar deyiladi. U nisbatan uzun (tog’terakda) yoki qisqa (tollarda) bo’lishi mumkin. Barg bandi mexanik tayanch vazifasini bajarishdan tashqari interkalyar o’sish xususiyatini uzoq vaqt saqlab qoladi, barg yaprog’ini yorug’likka to’g’irlab turadi. Ko’pchilik o’simliklarda barg bandi asosida maxsus o’simtalar bo’ladi. Bu o’simtalar yonbargchalar deb atalib, ularning shakli, o’lchami va vazifalari turli o’simliklarda turlicha bo’ladi. Shakl jihatidan mazkur bargchalar tuksimon, pardasimon, tangachasimon va tikansimon ko’rinishlarda uchraydi.
Yonbargchalar odatda ikki pallali o’simliklar uchun xosdir. Poya va ildizlardan farq qilib barg dorzoventral tuzilishida bo’ladi.
Barg poyaning yer ustki, ba’zan shakl o‘zgargan holatdagi yer ostki o‘simtasi hisoblanib, poya bilan birga novdani tashkil etadi. Barg yuksak o‘simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan.
O‘simlik hayotida eng muhim funksiyalardan bo‘lgan fotosintez, nafas olish va transpiratsiyani barg bajaradi. Yuksak yashil o‘simliklarda barg o‘simliklarning eng muhim organlaridan biri bo‘lib, ular quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1. Barg havodan karbonat angidrid gazini va ildizi orqali tuproqdan suvni so‘rib olib yorug‘lik energiyasi ta’sirida organik moddalar hosil qiladi (fotosintez jarayoni), havoga kislorod ajratib chiqaradi.
2. Barg ildiz yordamida suvning so‘rilgan tuzli eritmalarini o‘simliklarning hamma organlariga ko‘tarilishiga yordam beradi.
3. Barglar toza suvni bug‘lantirib transpiratsiya vazifasini bajaradi va yana tuproqdan mineral moddalarga boy bo‘lgan suvni o‘zlashtiradi. Ayniqsa, yozning issiq kunlari bug‘langan suv o‘simliklarni qizib ketishidan saqlaydi.
4. Barglar nafas olishda ham katta ahamiyatga ega.
5. Barg o‘simliklarning tashqi sharoitga moslashishi organi bo‘lib xizmat qiladi. Nam tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning barglari suvni ko‘p bug‘lantirishga moslashganligi uchun odatda yirik bo‘ladi. Qurg‘oq mintaqadagi o‘simlik barglari ancha mayda, qayishsimon, dag‘al va qattiq bo‘ladi - suvni kam bug‘lantiradi.
6. Barglar to‘kilib o‘simlik hayotini saqlab qoladi. Yozning issiq kunlari, namgarchilik kam bo‘lganda to‘kilib, o‘simlikni qurib qolishdan saqlaydi, suv ortiqcha isrof bo‘lmaydi. Qishda esa o‘simlik uchun ortiqcha organga aylanadi. Endi u yerda to‘shalib o‘simlik ildiz sistemalarini sovuq urishdan asraydi.
Ayrim o‘simliklarda barg o‘zida zaxira oziq moddalarni to‘plash uchun ham maxsus joy hisoblanadi. Piyozbosh, aloe, boshkaram ana shunday o‘simliklardandir. Shuningdek, vegetativ ko‘payishda ham ahamiyatga ega.

Barg novdaning o‘sish konusdagi meristema hujayralaridan hosil bo‘ladi. Bargning hosil bo‘lishida o‘sish nuqtasining tunika va korpus hujayralari ishtirok etib, shu nuqtadan biroz pastroqda bo‘rtmalarni, bo‘rtmalar esa boshlang‘ich bargchalarni hosil qiladi. Boshlang‘ich bargchalarning hosil bo‘lishi bilan barg plastinkasi, bandi hamda yon bargchalar shakllana boshlaydi.


Gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan bargi uchta asosiy qismdan: barg yaprog‘i (plastinkasi), bandi va yonbargchalardan iborat. Ayrim bir va ikki pallali o‘simliklardan barg bandi o‘rnida barg qini bo‘ladi.
Barg plastinkasi bandga birikkan yassi qism bo‘lib, uning ikki tomoni bir- biridan farq qiladi, bunga bifatsial deyiladi va har xil shaklga ega. Barg o’zi joylashgan poyaga qaragan tomoni jihatidan har xil bo’ladi. Uning ustki qismi adaktsial, yon yoki ostki qismi abaksial deb ataladi. Bargning ustki va ostki qismi anatomic tuzilishi, tomirlanishi va rangi bilan farq qiladi. Barg bandi esa qisqa yoki uzun bo‘ladi. U elastik bo‘lgani uchun bargning egiluvchanlik qobiliyatini oshiradi, har xil mexanik qarshilikdan saqlaydi shuningdek, barg plastinkasini kerak tomonga (ayniqsa, yorug‘likka) burilishiga yordam beradi.
Bazi o‘slmliklarda barg bandsiz bo‘ladi. Bunday barg plastinkasi bevosita novdaga birikadi. Birpallali o‘simliklarda barg qinining plastinkaga o‘tish joyida rangsiz, kichkina, yupqa o‘simta, ya’ni tilcha bor. Tilchaning ikki chetida burchaksimon o‘simta quloqcha deb ataladi. Barg quloqcha yordamida novdani qattiq siqib poyani mustahkam to‘tadi. Masalan, g‘allasimon o‘simliklarda shunday manzarani kuzatish mumkin. Tilcha bilan quloqcha barg bilan novda orasiga suv va boshqa narsalarni kirishidan saqlaydi. Ziradoshlar va piyozdoshlar oilasi vakillarida barg bandi poyani o‘rab olib barg novini hosil qilib birikadi (1- rasm).
Ko‘pchilik o‘simliklarda barg bandining tagidan alohida o‘simtalar chiqadi. Bular yonbargchalar deb ataladi. Yon bargchalar juft bo‘lib, barg bandining ikki tomonida joylashadi. Yon bargchalarning asosiy vazifasi barg qo‘ltig‘ida shakllanayotgan yon kurtakni tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan himoya qilishdan iborat, chunki yon bargchalar kurtakdan ilgariroq paydo bo‘ladi. Yen bargchalar karamdoshlar, yalpizdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarda bo‘lmaydi. Ular bazi bir o‘simliklarda (olmada) o‘z funksiyasini bajargandan so‘ng to‘kilib ketadi. Yonbargchalar ra’nodoshlarda yashil rangda bo‘lib, qisman fotosintez funksiyasini ham bajaradi. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar (no‘xat, burchoq)da hatto bargga, akatsiyada esa tikanga aylangan.
O‘simliklarning barglari shakli jihatidan juda xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ular ikki guruhga, oddiy hamda murakkab barglarga bo‘lib o‘rganiladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling