Botanika fanidan kurs ishi mavzu: “bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati.” Kurs ishi rahbari


II BOB SHAKLI O’ZGARGAN BARGLAR (BARG METAMORFOZASI)


Download 0.51 Mb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1383261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
202 Bargning anatomik tuzilishini va ahamiyati

II BOB SHAKLI O’ZGARGAN BARGLAR (BARG METAMORFOZASI)
2.1 Barglarning ichki tuzilishi

Tabiiy sharoitga qarab, barglar ham o‘z shaklini o‘zgartiradi. Qurg‘oqchilik yerlarda o‘simliklar suvni kam bug‘latish uchun ko‘pgina barglarini tikanga aylantiradi. Kaktus, zirk, sparja o‘simliklarida barglar mutlaqo tikanga aylangan. Ayrim o‘simliklarda barg plastinkasining chetidagi tishlari mayda tikanlarga aylanadi. Maxsar, qushqo‘nmas va govtikan o‘simliklarida ana shunday barglarni ko‘rish mumkin. Namgarchilik kam yerlarda o‘suvchi akatsiya, kovul o‘simliklarida esa yon bargchalar tikanga aylanadi (rasm).


Bazi bir o‘simliklarda bargning butun yoki biror qismi ipsimon jingalakka aylanadi. Jingalagi bor bo‘lgan o‘simliklar boshqa o‘simliklarga ilashib o‘sadi va barglarini quyosh yorug‘ligiga to‘tadi. Xashaki no‘xat, no‘xatak, burchoq, yasmiq o‘simliklaridagi murakkab barglarning oxirgi bargchasi shaklini o‘zgartirib jingalakka aylangan.
Suvda yoki botqoqlik yerlarda o‘sadigan o‘simliklarning barglari hasharotlarni tutib olib, uni hazm qilishga moslashgan. Shuning uchun ham ular hasharotxo‘r o‘simliklar deb ataladi. Botqoq rosyankasi, venerina, pashshaxo‘rda barglariga hasharot qo‘nishi bilan tukchalar ta’sirlanadi va ular yoyili b hasharotni ushlab oladi. Barg bezlari esa o‘zidan yopishqoq suyuqlik fermentlar ajratadi va shu suyuqlik yordamida hasharotning organik moddalari o‘simlikka so‘riladi. Nepentis o‘simligida esa barg bandining bir qismi ko‘zachaga, barg plastinkasi esa qopqoqchaga aylangan bo‘lib, hasharotlar shu ko‘zachaga tushishi bilan qopqoqcha yopiladi, ushlangan hasharotlar hazm bo‘ladi. Shunday qilib, o‘simliklarning barglari fotosintez bilan birgalikda o‘simlikni azotli organik moddalarga bo‘lgan talabini qondirib turadi.

7-rasm. Barg metamorfozasi:
1 - jingalak, 2 - tikon, 3 - pashsha tutadigan barg, 4 - ko‘zacha bargli nepentes.

Piyozboshda barglar o‘z xlorofill donachalarini yo‘qotib rangsiz qobiqqa aylanadi va o‘zida zaxira oziq moddalar to‘playdi. Karam, aloe barglari esa etli bo‘lib, ular ham o‘zida zaxira oziq moddalar yig‘adi. Xlorofill donachalariga ega bo‘lgan bu bargchalar organik moddalar ham hosil qiladi.


Barglarning ichki tuzilishi, ularning bajaradigan funksiyasiga birmuncha mos keladi. Bargning tashqi sharoitga moslashuvchi plastik organ ekanligi, uning ichki tuzilishida aniq ifodalangan. Bargning ichki tuzilishga undagi, ayrim gistologik elementlarning tizimiga va ularning joylashish tartibiga, suv rejimi, yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun ham bargning ichki tuzilishi, hatto bir o‘simlikning o‘zida ham farq qiladi. Barg faqat birlamchi tuzilishga ega va unda ikkilamchi yo‘g‘onlanish kuzatilmaydi. Barg dorzoventral tuzilishda bo‘ladi. Odatda, uning ustki va ostki qismi farq qiladi.
V.R. Zalenskiy o‘simliklarda suvning kamayishi va yorug‘likning ortishi bilan uning ostki qismidan uchki qismigacha barg tizimining yarus bo‘ylab o‘zgarish qonuniyatlarini kuzatdi. Barglar o‘simlikning ustki yarusiga ko‘tarilgan sari ma’lum bir sathda barg tomiri yig‘indisining uzunligi ortib boradi, gistologik elementlari zichlashadi, hujayralar birmuncha kichrayadi, hujayra po‘sti va kutikulasi qalinlashadi.
Epiderma. Epidermis hujayralari tuklar bilan qoplangan. Ustki epidermisda kutikula qavati bo‘ladi. Suv saqlash funksiyasini bajaruvchi bir yoki ikki qavat yupqa po‘stli rangsiz parenxima hujayralar - gipoderma epidermis ostida joylashgan.
Bargning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan barg plastinkasining shakliga, ya’ni uning yassi, keng yoki ingichka va ignasimon bo‘lishiga bog‘liq. Ikki pallali o‘simliklarning keng plastinkali bargi ikki asosiy qismdan: barg eti va tomirlaridan iborat. Barg eti tomirlarga qaraganda yupqa bo‘ladi.
Tomirlar ikkita asosiy vazifani bajaradi. Ularda o‘tkazuvchi naylar bo‘lganligi uchun suv va unda erigan mineral hamda organnk moddalar oqadi. Mexanik to‘qimalar esa barg etini mustahkam tutib turadi.
Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo almashinib turishini to‘g‘ri ta’minlab boradi. Bu hujayralar oraliqsiz zich joylashib, u bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik mexanik ta’sirlardan, shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofiliga mikro organizmlarning kirishidan saqlaydi. Ayrim o‘simliklarning (begoniya, tradeskantsiya) ustki epidermis hujayralarida antotsian pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har xil rangga bo‘yaydi. Ostki epidermis hujayralari orasida ko‘pgina og‘izchalar joylashadi.
Epidermis hujayralari ustida oddiy, tuklar joylashgan bo‘ladi. Oddiy tuklar ko‘pincha oq rangda yoki rangsiz bo‘lib, quyosh energiyasini qaytaradi, ustitsalarni ustini yopib qo‘yib, suv bug‘lanishini kamaytiradi. Bezli tuklar esa har xil kislotalarni va efir moylarni ajratish bilan birga himoya vazifasini o‘taydi.
Mezofill. Ostki hamda ustki epidermis orasida xlorofill donichalariga boy bo‘lgan mezofill deb ataladigan assimilatsion to‘qimalar joylashgan. Ikki palalli o‘simliklarda mezofill hujayralar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bir necha qavat cho‘ziq barg sathiga perpendikulyar joylashgan hujayralar ustunsimon yokipolisad pareximasi deb ataladi. Bu to‘qimada xloroplast juda ko‘p bo‘lgani uchun barg ustki tomonndan to‘q yashil rangda ko‘rinadi.
Ustunsimon parenxima ostida biroz yumaloqroq, turli shakldagi Hujayralar joylashgan bo‘lib, ular g‘ovaksimon yoki bulutsimonn parenxima deb ataladi. Bulutsimon parenxima hujayralari siyrak joylashgan, ya’ni orasida bo‘shliqlar bor. Ustunsimon hujayralar esa ulardan zich joylashganligi bilan farq qiladi. Bulutsimon parenximada xloroplastlar nisbatan kam, shuning uchun ham barg ostki tomondan och yashil rangda ko‘rinadi. Hujayra orasidagi bo‘shliqlar orqali havo va suv bug‘lari harakat qiladi. Keraksiz havo va suv ustitsa orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bulutsimon to‘qima o‘zining yassi tomoni bilan ustunsimon to‘qimaga yopishib olib, unda tayyor bo‘lgan organik birikmalarni floemaga yetkazib beradi. Ikkala parenxima birgalikda assimiliyatsion to‘qimani tashkil qiladi (rasm).
Bargning mikroskopik tuzilishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq. Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar)lar barglarida bir yoki bir necha qavat ustunsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima to‘qimalari hosil bo‘ladi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin. Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta
qalin bo‘ladi. Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ hisoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayradagi xlorofil donachalari o‘zining kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, xlorofil donachalari ustinsimon to‘qimaning tubiga tushib, yorug‘likdan qochadi. Yorug‘lik kamayganda esa aksincha yuqoriga ko‘tariladi.

2.1-rasm. Barg yaprog‘i ichki tuzilishning sxematik ko‘rinishi:
1-kutikula; 2-epidermis; 2-ksilema; 4-floema; 5-tola; 6-kollenxima; 7-barg og‘izchalari; 8- ustunsimon mezofill; 9-bulutsimon mezofill; 10-bezli tuk; 11-tuk (trixoma); 12-bo‘shliq;

Bargning o’tkazuvchi to’qimalari. Barg assimilyatsion to‘qimalari orasida tomir qismi nay tolali bog‘lamlari bo‘lib, kselema shu bog‘lamning ustki, floema esa ostki tomonida joylashadi. Ostidan epidermis bilan qoplangan, u bargning tomir qismidan pastdan bir yoki ikki qavat kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, u bargning elastiklik qobiliyatini oshiradi. Uning ostki qismida asosiy parenxima hujayralari bor va unda har xil organik hamda anorganik moddalar to‘planadi. Shuningdek, bargda uni tik ushlab turuvchi va sinib ketishdan asrovchi mexanik to‘qima-sklerenxima ham mavjud.


Bir pallali o‘simliklar bargining ichki tuzilishi ikki pallalilar bargidan birmuncha farq qiladi va izolateral xilda tuzilgan. Ularning assimilyatsion to‘qimasida ustunsimon parenxima bo‘lmaydi. Hamma hujayralar yumaloq bulutsimon hujayralardan iborat. Ustitsalar bargning ostki emas, balki ustki epidermisida joylashgan. Bug‘doydoshlar oilasi vakilliri ustki epidermis hujayralari orasida yirik, rangsiz, yupqa pustli hujayralar joylashgan bo‘lib, ularda asosan suv to‘planib turadi. Issiq paytlarda o‘simlik suvsirab kolsa, ulardagi suv boshqa hujayralarga o‘tib ketadi. Bunda barglar yuqoriga qarab buralib, naycha hosil qiladi va quyosh nuridan saqlanadi. Epidermisdagi bu yirik hujayralarning vazifasi barg shaklini o‘zgartirib turishdan iborat. Shuning uchun ham bu hujayralar harakatlantaruvchi (motor) hujayralar deb ataladi.
Ignabargli o’simliklar bargining tuzilishi. Ignabargli o‘simliklardan qarag‘ay va boshqa doim yashil ninabargli o‘simliklar namlikni tejab sarflashga moslashgan. Ularning anatomik tuzilishi ham o‘ziga xos gomogen xilda tuzilgan. Epidermis uncha katta bo‘lmagan hujayralardan tashki topgan va devori qalin bo‘ladi. U qalin kutikula qavati hosil qiladi. Og‘izchalar mum donachalari o‘rnashgan chuqur o‘ymalarda joylashadi. Epiderma ostida hujayra qobig‘i qalinlashgan va yog‘ochlashgan gipoderma qavati o‘tadi. Mezofili bir xil tuzilgan assimilyatsion to‘qima burmali parenximadan iborat. U hujayra qobig‘i burmalar hosil qiluvchi va hujayralar bo‘shlig‘iga kirib boruvchi hujayralardan tashkil topgan.
Markazda transfusion parenxima bilan o‘ralgan ikkita o‘tkazuvchi boylam mavjud. Boylamlarning ba’zi joylariga sklerenxima hujayralari kelib taqaladi. Bargning markaziy qismi mezofilldan endoderma halqasi bilan ajralib turadi. Mezofillda smola yo‘llari ham mavjud. Ular sklerenxima va epitelial hujayralar bilan o‘ralgan (9-rasm).

2.2-rasm. Oddiy qarag‘ayning ninasimon bargi (ko‘ndalang kesimi):
1-epiderma; 2-og‘izcha; 3-gipoderma; 4-burmali parenxima; 5-smola yo‘li; 6-epitelial hujayralar; 7- o‘rama (qoplama); 8-endoderma; 9-yog‘ochlik; 10-floema; 11-sklerenxima; 12-parenxima.
Shunday qilib, bir pallali o‘simliklar bargining ostki ham ustki epidermisi orasida bir xil shakldagi assimilyatsion to‘qima - mezofill va o‘tkazuvchi bog‘lamlar joylashgan, bog‘lamlar atrofida bog‘lamlarni o‘rab turuvchi mezofill hujayralar ham mavjud. O‘tkazuvchi bog‘lamlar yirik va mayda bo‘ladi, yirik bog‘lamlarda floema bilan ksilemadan tashkari sklerinxima ham bor, kichigida esa ksilema bilan floema bo‘ladi. Epidermis hujayralarining tashqi po‘sti kutin moddasi va qumtuproq moddasi bilan to‘yingan bo‘ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling