Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


karpiy. Mevaning o‘rta qavati -mezokarpiy


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

karpiy. Mevaning o‘rta qavati -mezokarpiy. Mevaning ichki qavati -endokarpiy. Ekzokarpning asosiy 
vazifasi mevani himoya qilishga xizmat qilishidir. Mezokarpiy zahira oziq moddalarni saqlashga xiz-
mat qilib, boshqa qavatlariga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Endokarpiy urug‘ni tashqi tomonidan 
o‘rab turishga xizmat qiladi.
5. Mevaning klassifikatsiyasi. Hozirgi kunga qadar mevaning tugallangan klassifikatsiyasi yo‘q. 
Mavjud klassifikatsiyalar sun’iy bo‘lib, ayrim morfologik belgilarga asoslangandir. Кeyingi yillarda 
genetik klassifikatsiya yaratilgan bo‘lib uning asosiga morfologik belgilar va mevaning tarixiy kelib 
chiqishi fizioloigyasi asos qilib olingan. Sun’iy klassifikatsiya bo‘yicha mevalar quyidagicha klassi-
fikatsiyalanadi. 
1. Кelib chiqishiga ko‘ra. 2. Meva qatining tuzilishiga ko‘ra. 3. Urug‘larning soniga ko‘ra. 
Mevalar kelib chiqishiga ko‘ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to‘p mevalarga bo‘linadi. 


28
Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning o‘zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, 
o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri mevalari. Soxta mevalarda meva hosil bo‘lishida tuguncha bilan birga guln-
ing biron qismi ishtirok yetadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o‘rni va 
boshqalar. Oddiy mevalarni hosil bo‘lishida 1 ta tuguncha ishtirok yetadi (o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri). 
Murakkab mevalarni hosil bo‘lishida bir nechta tuguncha ishtirok yetadi. Masalan: kungaboqar
qoqio‘t, ayiqtovon va hokazo. To‘p guldan hosil bo‘lgan mevalarga to‘p mevalar deyiladi. Masalan: 
tut, shotut mevalari. 
Mevalar meva qatining tuzilishiga ko‘ra ho‘l va quruq mevalarga ajratiladi. Ho‘l mevalar ham, 
quruq mevalar ham ichidagi urug‘larining soniga ko‘ra 1 urug‘li va ko‘p urug‘li mevalarga bo‘linadi. 
Bir urug‘li ho‘l mevalarga olcha, gilos, shaftloi, o‘rik, olxo‘ri, ko‘p urug‘lilarga nok, qovun, tarvuz, 
uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi. 
Bir urug‘li quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti mevalari va bir urug‘li qanotli 
mevalar kiradi. Кo‘p urug‘li quruq mevalarga dukkak, qo‘zoq, qo‘zoqcha, ko‘sak, ko‘sakcha va har xil 
shakildagi quticha mevalar misol bo‘la oladi. 
Savollar: 
1. Urug‘ qanday paydo bo‘ladi? 
2. Urug‘ o‘simlikka nima uchun kerak? 
3. Urug‘lar zahira oziqa modda to‘plashiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 
4. Nima uchun o‘simliklar urug‘ida zahira oziqa modda to‘playdi? 
5. Urug‘ meva hosil bo‘lishida qonuniyatidan tashqari qanday hodisalar bo‘lishi mumkin?
6. Meva deganda nimani tushunasiz? 
7. Mevalar qanday klassifikatsiyalanadi? 
8. Dukkak meva bilan qo‘zoq mevani farqi nimada? 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling