Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   264
Dars jihozi: yovvoyi hayvonlar rasmlari, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Mo‘jiza” hikoyasini “O‘zaro tekshiruv” usuli da 
o‘qiydilar. Bunda o‘quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat bilan 
hikoyaning o‘zlari xohlagan bir qismini o‘qib beradilar. Shundan so‘ng 
o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baho-
la rini qisqacha izohi bilan aytadilar. 
O‘quvchilar hikoya mazmunini shaxsini o‘zgartirgan holda muallif 
nomidan so‘zlab beradilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
“Rebus” o‘yini.


153
Aziz o‘quvchilar, hozir biz siz bilan 
“Rebus” o‘yinini o‘ynay miz. Agar siz bu 
rebusni to‘g‘ri yechsangiz, bugungi darsi-
miz mavzu sini bilib olasiz. 
Bugun biz “Xatarli uchrashuv”. mav-
zusi bilan tanishamiz. 
O‘qituvchi hikoya muallifi Pirimqul Qodirov haqida qisqacha 
ma’lumot beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:
– Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz?
Turli yovvoyi hayvonlarning suratlari ko‘rsatiladi.
– Bo‘rilar haqida nimalarni bilasiz?
Hikoya mazmuniga mos lavha namoyish qilinadi va kadr orti-
dan matn o‘qiladi.
Hikoyada uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka-
ziladi.
Lug‘at ishi:
chordevor – hamma tomoni devor bilan o‘rab olingan, to‘rt devor
biyday – ochiq, yalang; keng
sharpa – kimsa yoki narsaning g‘ira-shira, bilinar-bilinmas qorasi
Hikoya mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu hikoya nima haqida ekan?
– Bola bo‘ridan nima uchun qochmadi?
– Hikoyadagi bola ijobiy qahramonmi yoki salbiy?
– Hikoyada sizni nima hayajonga soldi?
– Siz ham xatarli vaziyatlarga duch kelganmisiz?
– Akasining: “Hamma gap aql bilan irodada” degan gapini siz qan-
day tushunasiz?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling