Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   264
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz sizlar bilan “Mo‘jiza” hikoyasi bilan tanishamiz.
O‘qituvchi “Mo‘jiza” hikoyasini ifodali o‘qib beradi. Hikoya 
mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar hikoyani “Davom ettir” usulida 
o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
dog‘da qoldirib – armonda qoldirib jir boylagan – semirgan
ro‘parada – to‘g‘risida alomat – darak beruvchi belgi
tang qoldirdi – g‘oyat og‘ir, mushkul 
ahvolda qoldirdi
serrayib – bir joyda angrayib turmoq


151
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. “Mo‘jiza” hikoyasini o‘quvchilar “Ichida 
o‘qish” usulida o‘qiydilar. 
Reja asosida matn mazmunini qayta hikoya qiling.
Ovchi quyonni qanday tutib oldi?
Keksa ovchi yoshligida bo‘lgan voqea haqida nimalarni gapirib berdi?
“Bumerang” texnologiyasi. 4 ta kichik guruhlar tashkil qilinib, 
har bir guruhga “Mo‘jiza” matnidan ma’lum qismlarni mustaqil 
o‘rganish topshiriladi.
1-guruh uchun quyidagi parcha beriladi: “Quyonlar serob kuz 
yemishlaridan semirib, rosa jir boylagan paytda ovga chiqdim. Velosi-
pedimni tanish cho‘pon qo‘rasiga qoldirdim-da, miltiqni kiftimga ilib
ro‘parada ko‘rinib turgan qamishzor tomon ketdim. Mo‘ljallab chiqqan 
“ovxonam” o‘sha. …
2-guruhga: “Miltiqning uchini tekkizganimda, birdan sapchib o‘rni-
dan turdi. Biroq gandiraklab kelib o‘zini oyoqlarim ostiga urdi. …”.
3- va 4-guruhga ham parchalar beriladi. Qiyin so‘zlar lug‘ati 
beriladi.
O‘quvchilar matnlarni qunt bilan o‘qishadi. So‘ngra yangi guruhlar 
tashkil qilinadi. Guruh a’zolari o‘zlari o‘qigan matnlarni sheriklariga 
tushuntirib berishadi. Matnlar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgach, 
guruh ichida mustahkamlanadi. So‘ngra guruh a’zolari oldingi holatdagi 
guruhlariga qaytishadi. Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. 
Savolga to‘liq javob olinsa, 3 ball, to‘liq bo‘lmasa, 2 ball, boshqa guruh 
to‘ldirsa,1 ball beriladi. Har bir guruhga 4 tadan savol beriladi. Savollar 
quyidagicha bo‘ladi:
1. Kim ovga chiqdi?
2. Nimalar rosa jir bog‘lagan paytda ovga chiqdi?
O‘qituvchi darsni qanday o‘zlashtirilganini yana bir bor o‘z-o‘ziga 
baho berish tartibida nazorat qilish uchun “Charxpalak” texnologiya-
sidan foydalangan holda o‘quvchilarga o‘z bilimlarini tekshirib olish 
imkoniyatini yaratishi mumkin.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling