161
Suyun ota ularga nimalarni gapirib berdi?
–
Suyun ota ayiqni qanday yengdi?
–
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib,
umumlashtiriladi,
tarbiyaviy
xulosa chiqariladi.
“Mozaika” o‘yini. Mavzuga oid rasm turli xil bo‘laklarga
bo‘lib, turli xil joylarga qo‘yilgan bo‘ladi. O‘quvchilar
bo‘laklarni o‘z o‘rniga qo‘yib, rasm hosil qiladilar.
“Topib o‘qi” mashqi.
– Ayiqni qo‘ylarga hujumi tasvirlangan joyni matndan topib o‘qing.
Matn qismlarga bo‘linib reja tuziladi va
reja asosida qayta hikoya
qildiriladi.
Reja:
1. Akrom bobosinikida mehmonda.
2. Suyun otaning hikoyasi.
3. Ayiq qo‘yni jilg‘aga olib ketdi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Siz qaysi yovvoyi hayvonlarni ko‘rgansiz?
– Yovvoyi hayvonlarning inson uchun qanday foydasi bor?
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining
1-qismini o‘qish.
111-d a r s
Mavzu: “Ayiqni yenggan cho‘pon”. (
Pirimqul Qodirov). II qism
.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ayiqni yenggan cho‘pon”
hikoyasining
II qismi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish
ko‘nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: