162
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmu-
ni o‘quvchilarga qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Bobo nevarasiga nimani so‘zlab berdi?
– Dovyurak insonlar yana qanday ishga qo‘l ura oladi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, siz botirlik, uning biz uchun qanchalik kerakligi haqi-
da nimalar bilasiz?
O‘quvchilarning
javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining
2-qismi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar
bilan dovyuraklik, uning hayotimizda qanchalik o‘rin
tutishi, qo‘rqoqlikning oqibatlari haqida suhbatlashiladi,
ularning fikr-
lari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismini ifo-
dali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beri-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: