“Sinkveyn” metodi. O‘quvchilar sinkveyn tuzish qoidalari
asosida hikoya mavzusiga oid sinkveyn tuzadilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilan qatorlararo musobaqa o‘tkaziladi. Hikoya
maz muni yuzasidan savollar tuzishadi va bir-birlariga berishadi.
To‘g‘ri va tez savollar tuzgan hamda javob bergan qator g‘olib
bo‘ladi.
“Bo‘g‘indan gapgacha” mashqi.
O‘quvchilar berilgan harflardan birini tanlaydilar va sxemalar
asosida avval shu harf ishtirok etgan so‘zni, so‘ng shu so‘z
qatnashgan gapni topib, o‘qiydilar.
(Quyosh. Quyosh ikki terak bo‘yi ko‘tarilib qolgan edi.)
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Bu hikoyaga yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?
1.
Siz hikoyani o‘qib, qanday xulosa chiqardingiz?
2.
Hikoya kimning nomidan yozilgan?
3.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismini o‘qish.
116-d a r s
Mavzu: “Bahor” (Qudrat Hikmat).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga bahor fasli, undagi o‘zgarishlar haqida
ma’lumot berish, “Bahor” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri
va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini o‘stirish.
FK 1: she’r asosida yaratilgan videotasvirni tinglab, tushunish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga muhabbat, kuzatuvchanlik hislatlari-
ni tarbiyalash. Tabiat bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga odatlantirish.
TK 4: she’rda tasvirlangan go‘zallik va ezgulikka intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni ifodali o‘qish, mustaqil va ijodiy
ishlash qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: she’rdagi so‘z ma’nolarini izohlay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |