78
Masalan: – Tuyaning bir tishi tushgan edimi? (Ismoil)
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Darsdan nimalarni bilib oldingiz?
2. “Ziyrak uch yigit” ertagida Ibrohim qanday xislatlarga ega?
3. Ibrohimning qaysi xususiyatlari sizga yoqdi?
4. Ertakni o‘qib qanday xulosa chiqardingiz?
Dars yakunlanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ziyrak uch yigit” ertagining 1-qismini o‘qish.
52-d a r s
Mavzu: “Ziyrak uch yigit” (
Ertak).
2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarning ertak haqidagi
nazariy bilimlarini
boyitish. Ularning ertakni ifodali o‘qish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish.
FK 1: matnni gap ohangiga
rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning ziyraklik, to‘g‘riso‘zlik, topqirlik, ahil-
lik kabi fazilatlarini tarbiyalash.
TK 4: ertakda aks etgan qahramonlarning
halolligiga qarab xolis
fikr yurita olish.
Rivojlantiruvchi:
o‘quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash, lug‘at
ustida ishlash, og‘zaki nutqini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: