Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   264
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehribonlik, kamtarlik, rahmdillik kabi 
xislatlarni, qushlarga nisbatan g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini tarbiyalash. 
TK 3: yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lug‘at 
ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan she’rning nomi, mazmunini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Blis-so‘rov”, “Kim topag‘on” 
o‘yini.
Dars jihozlari: ko‘rgazma va tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. 
I. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Tushovli to‘y” hikoyasini o‘qib, so‘zlab beradilar.
“Blis-so‘rov” o‘yini.
Yaylovda yoyilib yurgan nimalar dalalarning husniga-husn 
1. 
qo‘shdi?
(Yaylovda yoyilib yurgan qo‘y, sigir podalari, uyur-uyur yilqilar da-
lalarning husniga–husn qo‘shdi.)
Nima qo‘rquv bosib sarosimada qoldi? (Oldingi oyoqlaridan in-
2. 
gichka, lekin pishiq jun chilvir bilan tushovlangan Saman toy qo‘rquv 
bosib sarosimada qoldi.)
Nimaning cho‘zib-cho‘zib uvullagani eshitildi? (Bo‘rining cho‘-
3. 
zib-cho‘zib uvullagani eshitildi.)
Saman ot nimaning tovushi chiqqan tomonga kuchining boricha 
4. 
kishnab yubordi? (Saman ot Ko‘kqashqaning tovushi chiqqan tomonga 
kuchning boricha kishnab yubordi.)
III. Yangi mavzu bayoni. 
O‘quvchilar bugun biz sizlar bilan Anvar Obidjonning “Jo‘ja” 
she’ri bilan tanishamiz. (Matn muallifi haqida ma’lumot beriladi.)
She’r mazmuniga mos lavha namoyish etilib, kadr ortidan she’r 
o‘qiladi. 
She’r mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket she’rni 
o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. She’r matni us-
tida ishlanadi, notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling