Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   264
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga dovyuraklik haqida ma’lumot berish, 
“Ayiq ni yenggan cho‘pon” hikoyasining 1-qismi bilan tanishtirish. 


160
O‘quv chilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: hikoyaning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni, tabiatga muhabbat
jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish hislarini tarbiyalash.
TK 4: hikoyada go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish. 
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, matnga reja tuzish, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlan-
tirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savollarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Topib o‘qi”, “Mozaika” o‘yini.
Dars jihozlari:  tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan “Jo‘ja” she’ri o‘quvchilardan yoddan so‘raladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. 
– Jo‘jacha opalaridan qanday farq qiladi?
– Jo‘jacha qanday xislatlarga ega ekan?
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, siz hayvonlar bilan sodir bo‘lgan qanday qiziqarli vo-
qealarni bilasiz? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon 
qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Pirimqul Qodirovning “Ayiqni yenggan 
cho‘pon” hikoyasining I qismi bilan tanishamiz. Pirimqul Qodirov haqi-
da qisqacha ma’lumot beriladi.
O‘quvchilar bilan dovyuraklik va mardlik, uning hayotimizda 
qanchalik o‘rin tutishi haqida suhbatlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, 
to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining I qismini ifo-
dali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling