zimiston – qorong‘ulik
chilvir – ingichka pishiq arqon
o‘mrovi – ko‘krak qismi
esxonasi chiqib ketgan – shoshib qolib, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Tushovli toy” hikoyasini o‘quvchilar qism-
larga bo‘lib o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savol lar:
– Saman toy qanday vaziyatga tushib qoldi?
– Ko‘kqashqa haqida gapirib bering?
– Qo‘chqorni ahvolini izohlab bering.
– Siz Qo‘chqorni o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz?
“Begona so‘z” mashqi. Bu mashqda matn asos qilib olinadi. O‘quv-
chilardan berilgan vaqt ichida jadvalda berilgan 4 ta so‘zdan
matnda uchra maydigan so‘z yoki so‘zlarni topish talab qilinadi.
1
Qashqir
Ko‘kqashqa
Bo‘ri
Saman
Qo‘chqor
2
Saman
Qudrat aka
Ayg‘ir
Qahramon
Qo‘y
3
Sigir-poda
Vahshiy
Tushov
Chilvir
Ipak
4
Zimiston
Beh, beh, beh Ertalab
Bug‘doy
Saroy
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Nima uchun hikoya “Tushovli toy” deb nomlangan?
2. Otlarga yana qanday nom qo‘yish mumkin?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Tushovli toy” hikoyasini o‘qish.
108-d a r s
Mavzu: “Jo‘ja” (Anvar Obidjon).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Jo‘ja” she’ri bilan tanishtirish. O‘quv chilar
ravon o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 1: she’riy kitoblarni muntazam o‘qib, o‘rganib borish.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |