159
qirarman – ko‘plab yoki yoppasiga o‘ldirmoq
asil – a’lo sifatli,
eng yaxshi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Ifodali o‘qish” musobaqasi.
Musobaqa qatorlararo o‘tkaziladi. O‘quvchilarning hammasi she’rni
o‘qiydi. Musobaqa so‘ngida har bir qatorda nechta o‘quvchi
ifodali
o‘qigani e’lon qilinadi va ko‘p ifodali o‘qigan qator g‘olib sanaladi. Qofi-
yadosh so‘zlar ustida ishlanadi: qiraman–uraman, dumbuldan–bulbuldan.
“Dam olish daqiqasi” o‘tkaziladi. “Jo‘ja” qo‘shig‘i eshittiri-
ladi.
“Kim topag‘on” o‘yini. Guruhlar o‘rtasida qush va parrandalar
haqida topishmoqlar aytish musobaqasi o‘tkaziladi.
Bir qo‘shnim
bor avval boshdan,
Soqoli uning qizil go‘shtdan.
Sahar
turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir ishdan.
(Xo‘roz)
Oq sandiq,
Og‘zi yo‘q sandiq.
(Tuxum)
Chiy tagida chinni kosa.
(Qush uyasi)
,
Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab yig‘laydi.
(Boyo‘g‘li)
Yuqoridan
keladi zebogina tovushi bor,
Oyog‘ida paxmoqqina kovushi bor.
(Kaklik)
Kasbi
doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
(Laylak)
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasida savol-javob o‘tkaziladi.
1. She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?
2. Jo‘ja haqida she‘r bilasizmi?
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Jo‘ja” she’rini yod olish.
110-d a r s
Mavzu: “Ayiqni yenggan cho‘pon”
. (
Pirimqul Qodirov). I qism.
Do'stlaringiz bilan baham: