Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Mavzu: “Ko‘kyol”. 2-qism. Darsning maqsadi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   264
Mavzu: “Ko‘kyol”. 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoya mazmuni bilan tanishtirish, hikoya 
mazmunini to‘liq yoki qisqartirib, qayta aytib bera olishga o‘rgatish.
FK 1: hikoyaning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qilish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehribonlik, ezgulik kabi insoniy fazilat-
larini tarbiyalash.
TK 4: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qilgan asar mazmuniga doir 
savol va topshiriqlarga javob bera olish, asar qahramonlariga munosa-
bat bildira olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Sinkveyn”, “Bo‘g‘indan gapgacha” 
mashqlari.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Ko‘kyol” hikoyasining 1-qismini navbat bilan o‘qib, 
qayta hikoya qiladilar.
“Mosini top” o‘yini. O‘quvchilar hikoya voqealari ketma-ket-
ligini aniqlashadi. Voqealar ketma-ketligini o‘ziga mos so‘zga 
tartib bilan joylash lozim bo‘ladi. Masalan: Sirdaryoning suvi, 
mol doktori, momiq qor, kattakon it.
III. Yangi mavzu bayoni. 
Bugun biz “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz. 
O‘qituvchi “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Er-
takda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
oqsoqol – soch-soqoli oqargan keksa odam
jing‘il – yulg‘un o‘simligi
qo‘shog‘iz – ketma-ket o‘q otadigan miltiq
qayishmoq – bukilmoq
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
– Bo‘rijarda uni kim kutib oldi?


167
– Iso bobo Oqshunqorni nima qildi?
– Bo‘rijarda qanday voqea ro‘y berdi?
– Ko‘kyolni qanday qilib qo‘lga tushirishdi?
O‘quvchilar javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling