Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   264
“Sinkveyn” metodi. O‘quvchilar sinkveyn tuzish qoidalari 
asosida hikoya mavzusiga oid sinkveyn tuzadilar. 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilan qatorlararo musobaqa o‘tkaziladi. Hikoya 
maz muni yuzasidan savollar tuzishadi va bir-birlariga berishadi. 
To‘g‘ri va tez savollar tuzgan hamda javob bergan qator g‘olib 
bo‘ladi. 
“Bo‘g‘indan gapgacha” mashqi.
O‘quvchilar berilgan harflardan birini tanlaydilar va sxemalar 
asosida avval shu harf ishtirok etgan so‘zni, so‘ng shu so‘z 
qatnashgan gapni topib, o‘qiydilar.
(Quyosh. Quyosh ikki terak bo‘yi ko‘tarilib qolgan edi.) 
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Bu hikoyaga yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?
1. 
Siz hikoyani o‘qib, qanday xulosa chiqardingiz?
2. 
Hikoya kimning nomidan yozilgan?
3. 
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismini o‘qish. 
116-d a r s
Mavzu: “Bahor” (Qudrat Hikmat).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga bahor fasli, undagi o‘zgarishlar haqida 
ma’lumot berish, “Bahor” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri 
va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini o‘stirish.
FK 1: she’r asosida yaratilgan videotasvirni tinglab, tushunish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga muhabbat, kuzatuvchanlik hislatlari-
ni tarbiyalash. Tabiat bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga odatlantirish.
TK 4: she’rda tasvirlangan go‘zallik va ezgulikka intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni ifodali o‘qish, mustaqil va ijodiy 
ishlash qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: she’rdagi so‘z ma’nolarini izohlay olish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling