TK 3: tevarak-atrofga insoniylikka xos munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari:
savol-javob, “Mevalar”, “Qofiyadoshini top”
o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar yozgan bolalar hayotidan lavhalari o‘qittiriladi. Avvalgi
bo‘lim yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Rustam qaysi hikoya qahramoni edi?
– “Bolalar gurungi” ertagining muallifi kim?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘li nadilar.
Har bir kichik guruhlarga yoz fasli tasvirlangan rasmli konvert-
lar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida
yig‘a dilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Shukur Sa’dullaning “Yoz” she’ri bilan
tanishamiz.
O‘quvchilar bilan yoz fasli, unda bo‘ladigan tabiat hodisalari haqida
suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.
– Yoz faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
– Yozda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydilar?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Yoz” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan
“Yoz” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Yoz” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni
tushun tiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |