Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

FK 2: o‘rganilgan asarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajra-
ta olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Tez aytish” o‘yini.


102
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Qish” she’ri o‘qitiladi, 3-4 nafar o‘quvchidan yoddan so‘raladi. 
She’r yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Qish qanday fasl?
– Qishda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynashadi?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz sizlar bilan “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasi bilan 
tanishamiz.
O‘quvchilar qish fasli, ko‘chat ekish haqida suhbatlashiladi, savol-
javob o‘tkaziladi.
– Siz ham qishda qor odam yasaysizmi?
– Ko‘chat ekish qanday odat?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. Hikoya 
muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasini ifodali o‘qib be-
radi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at 
ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
tosh-metin – beton ilashmay – yopishmay ajriqzor – chimzor
kosov – olovni kovlash uchun ishlatiladigan uzun yog‘och
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsa-
dida “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasi o‘quvchilarga navbat bilan 
o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savol va topshiriqlarni o‘qib, ularga javob 
berishadi:
Kamol bilan Alisher nima uchun dalaga borishdi?
– 
Qor odam ularga qanday sovg‘a qoldirdi?
– 
Qishki o‘yinlarning nomini ayting.
– 
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy 
xulosa chiqariladi.
Tez aytish” o‘yiniO‘quvchilar qishga oid tez aytishlarni tez-
tez aytadilar. Eng tez aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling