Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Qish to‘zg‘itar momiq par” she’ri o‘quvchilardan yoddan so‘ra-
ladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. 
– Qish faslida qanday tabiat hodisalari ro‘y beradi?
– She’rda qishga qanday ta’rif berilgan?
O‘quvchilar javoblari to‘ldiriladi va umumlashtiriladi.
Tarqatma materiallar bilan ishlanadi va o‘tilgan mavzu mustahkam-
lanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Doskaga rasmli rebus yopishtiriladi. O‘quvchilar rebusni yechib
hosil bo‘lgan so‘zni aytadilar.
– Bolajonlar, rasmli rebusning javobi nima ekan?
– To‘g‘ri, rasmli rebusning javobi “Qor” edi.
– Qor qaysi faslda yog‘adi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan “Rangin qorlar” ertagi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan yil fasllari, ularning qachon kelishi, fasllardagi 
o‘zgarishlar haqida suhbatlashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Rangin qorlar” ertagi audio orqali o‘qib eshittiriladi. 
O‘qituvchi ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beradi.
Lug‘at ishi:
ayoz – sovuq chaqinlar chaqmoq
yoz saratoni yozning issiq kunlari
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 


99
“Rangin qorlar” ertagi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Qadimda qorlar qanday ranglarda bo‘lgan ekan?
– 
Bahorning yashil rang tanlashining sababi nimada?
– 
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi. Matn 
mazmuni qayta hikoya qilinadi.
 “Yil fasllari” o‘yini. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruh larga 
bo‘linadilar. Har bir guruhga yil fasllari va ularda bo‘ladigan 
hodisalar rasmlari beriladi. O‘quvchilar tabiat hodi sa larini yil 
fasllarining mosiga yopishtiradilar.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling