Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


suron – shovqin, to‘polon  sayl


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

suron – shovqin, to‘polon  sayl biror joyni tomosha qilish
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. “Kitobga ixlos” qissasini o‘quvchilar 
“Aks sado” mashqi usulida o‘qiydilar. O‘quvchilar matnda sifat 
so‘z turkumiga oid so‘z uchrasa, shu so‘zni takrorlab aytishadi.
Darslikdagi savol-javob va topishiriqlar ustida ishlanadi.
1. Asar orqali Ibn Sino haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Ibn Sino qanday davrda yashagan ekan?
3. Yosh hakimning yuragi nimani sezdi?
O‘quvchilar matn rejasini tuzib, reja asosida matn mazmunini qayta 
hikoya qiladi.


105
“Ma’nosini izohlang” o‘yini.
Olovning qip-qizil tillari – ………(gurullab yonayotgan 
olovning yuqoriga buralib – buralib ko‘tarilishi)
Olovning tillari osmonni yalar – ……..(baland ko‘tarilar)
O‘zini o‘tga urmoqchi – ………. (olovning ichiga kirmoqchi)
O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so‘zlarni o‘z 
ma’nosida qo‘llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:
Olovning tili – odamning tili
Odam tili bilan yalaydi – olov tili bilan osmonni yalaydi
O‘tga urmoqchi – stolni urdi
Qaysi birikmada til, yalaydi, uradi so‘zlari o‘zining ma’nosida 
qo‘llangan? Qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Tarixda yashagan buyuk olimlar, sarkardalar, shoir-yozuvchilar-
dan yana kimlarni bilasiz?
2. Buxoroda qanday tarixiy binolar, joylar bor?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Kitobga ixlos” qissasining 1-qismini 
hikoyalash.
71-d a r s
Mavzu: “Kitobga ixlos” (Mirkarim Osim). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: 
o‘quvchilarga adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qil-
gan holda ongli, to‘g‘ri o‘qish, qissadagi voqea-hodisalarning izchilligi-
ni belgilash, qahramonlarning xatti-harakatini baholash hamda ularga 
shaxsiy munosabat bildirishni o‘rgatish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling