Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

FK 1o‘rganilgan asarning nomi, mazmunini ajrata olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda buyuk ajdodlarimizga munosib farzand 
bo‘lishga intilish hissini tarbiyalash. 
TK 4: asarda aks etgan qahramonning halol, jonkuyarligiga qarab 
xolis fikr yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Ajdodlar merosi” 
mashqi.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Alisherning yoshligi” qissasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni qay-
ta hikoya qildiriladi. Qissa yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Alisherning yoshligi qanday o‘tgan ekan?
– Alisher Navoiy bobomiz haqida yana nimalarni bilasiz?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz sizlar bilan “Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismi 
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan Alisher Navoiy bobomizning yoshlikdagi hayoti 
haqida suhbatlashiladi, savol-javob o‘tkaziladi.
– Maktabning hayotda qanday o‘rni bor?
– Alisher Navoiy bobomiz qanday ishlar qilganlar?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. O‘qituvchi 
“Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. 
Qissa mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi 
o‘tkaziladi.


113

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling