Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugungi darsda siz bilan “Alisherning yoshligi” qissasining 1-qis-
mi bilan tanishamiz. 
Muallif haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Qissa mazmuni 
o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O‘quvchilar “Ichda o‘qish” usuli-
dan foydalanib, o‘qitiladi. Qissadagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at 
ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
oltin sop – oltindan yasalgan dasta
bo‘z yaktak – astarsiz, erkaklar kiyimi
chuvvos 
– 
tartibsiz g‘ovur-g‘uvur gap
gulob 

atirgul gulbargidan maxsus usulda olinadigan suv
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Alisherning yoshligi” qissa-
sining 1-qismini o‘qiydilar. Shundan so‘ng o‘quvchilar qissa mazmunini 
shaxsi o‘zgartirilgan holda muallif nomidan so‘zlab beradilar. Darslik-
da gi savollarga javob topiladi.
1. Alisher bilan Husayn bog‘da nimalarni tomosha qilishdi?
2. Ularning suhbatiga qarab har ikkisi nimaga qiziqadi?
3. Bek Alisherga qarab nima dedi?
“Qutichaga joyla” mashqi. O‘tilgan mavzu asosida aralash
tarzda berilgan Husayn va Alisherning xislatlarini guruhlab, 
qutichalarga joylaydilar.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Darsdan nimalarni bilib oldingiz?
2. Qissada sizga nima ko‘proq yoqdi?
3. Qissani o‘qib qanday xulosa chiqardingiz?
Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Alisherning yoshligi” qissasining 1-qis-
mini qayta hikoyalash.


112
74-d a r s
Mavzu: “Alisherning yoshligi”. (Oybek). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga Alisher Navoiyning yoshlikdagi hayoti 
haqida ma’lumot berish, “Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismi bi-
lan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini 
shakllantirish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling