Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “O‘tmishni o‘rganmoq – burchimiz” mavzusida yozib 
kelgan matnlarini o‘qiydilar. O‘zlari yashaydigan mahalla, shahar yoki 
qishloqlarining tarixi haqida o‘rganib kelgan ma’lumotlarini so‘zlab be-
radilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Aziz o‘quvchilar, bugun biz siz bilan Anvar Obidjonning “Odob li 
bo‘lish osonmi?” ertagining I qismini o‘rganamiz.
O‘qituvchi ertak muallifi Anvar Obidjon haqida qisqacha ma’lumot 
beradi.
“Zig-zag” strategiyasi metodi. Sinf o‘quvchilari guruhlar-
ga bo‘linadilar. “Odobli bo‘lish osonmi?” ertak matni qism-
larga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib 
chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni diqqat 
bilan o‘rganadilar va so‘zlab beradilar. Vaqtni tejash maqsadida gu-
ruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular 
tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomoni-
dan to‘ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga 
topshirilgan matn mazmunini so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar 
guruhlar aro almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga 
bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmu-
ni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach o‘quvchilar ertak mazmuni 
bo‘yicha asosiy tu shunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy 
bog‘liqligini aniqlaydilar. 
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
to‘lpoq – do‘mboq
qiroat – ohang bilan o‘qimoq yoki so‘zlamoq
bo‘tam – bolalarni bo‘taloqqa qiyos qilib, erkalatib aytiladigan so‘z
dumbul – donli ekinlar, mevalarning ta’m kirib qolgan, lekin hali 
yetilib pishmagan holati
O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:
– Sichqonchaga onasi odobli bo‘lish haqida nima deb nasihat qildi?
– Shum baroq, Echkivoylar sichqonchani qanday qarshi oldi?


119

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling