120
81-d a r s
Mavzu: “Odobli bo‘lish osonmi?”
(Anvar Obidjon). 2-qism
.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qis mi
bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘ nikmalarini
shakllantirish.
TK 3: ertak kitoblarni muntazam o‘qish va bilimini oshirish.
FK 1: ertak mazmunini qayta hikoya qilish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni
kattalarni hurmat,
kichiklarni izzat
qilish ga, xushmuomala bo‘lishga o‘rgatish, ularda o‘zaro
mehr-oqibat
tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini,
lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob,
tushuntirish, “O‘rnini almashtir”
o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma
materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3–4
o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tka ziladi.
Sichqoncha eng avval kimga salom berdi?
1.
Qanday vaziyatlarda salom berilmaydi?
2.
III. Yangi mavzu bayoni.
–
Bolajonlar, siz baqaning injiqligi, qaysarligini qanday baholaysiz?
O‘quvchilarning
javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qis-
mi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan o‘z vaqtida salomlashish
haqida suhbatlashiladi,
ularning
fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismini
ifodali
o‘qib beradi.
Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: