Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

TK 4do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini
bog‘ lanishli nutq malakalarini hamda mustaqil fikrlash, hozirjavoblik 
ko‘nikmalarini rivojlantirish.


122
FK 2o‘qilgan hikoyaga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Nima uchun?” metodi, “Zehn mat-
ni” mashqi.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
II.Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Hozir, buvijon” matnini “Davom ettir” usu-
lida hikoya qilib beradi. Savol-javob o‘tkaziladi.
Dilbar maktabdan kelib qilgan ishini qanday baholaysiz? 
1. 
Hikoyada Malika xola va Dilbar haqidagi voqealarni so‘zlab bering. 
2. 
Nima uchun hikoya “Hozir, buvijon” deb nomlandi?
3. 
Siz ham uy yumushlariga yordam berasizmi?
4. 
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun sizlar bilan Hakim Nazirning “Qodir bilan Sobir” hikoyasi 
bilan tanishamiz. Hakim Nazir haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi hikoyani ifodali o‘qib beradi, matn mazmuni tushunti-
riladi.
Lug‘at ishi:
chiranib maqtanib
Salor – daryo nomi
orden davlat mukofoti
askar – harbiy xizmatchi
komandir harbiy lavozim
yuvosh – muloyim, yumshoq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash.
“Zehn matni” mashqi. O‘quvchilar “Qodir bilan Sobir” hi-
koya sini bir marotaba o‘qib chiqishlari uchun vaqt beriladi. 
Vaqt tugagach, partalar bo‘ylab guruhlar orasida “Zehn matni” 
mashqi o‘tkaziladi.
Ushbu mashqqa ko‘ra guruh ishtirokchilari matn bilan tanishib 
bo‘lgach zehnini sinash uchun matn ichidagi ayrim so‘z va raqam-
lar o‘zgartirib qo‘yiladi. O‘quvchilar esa ana shu xatolikni topib, matn 
tagida berilgan jadvalga joylaydilar.
Namuna: Ba’zi o‘rtoqlari Qodirni “zo‘ravon” desa, ba’zilari 
“do‘mbirachi” deydi. Nega desangiz, unda har ikki “hunar”dan ham 
oz-moz bor. “Zo‘ravon”ligi shuki, u yurgan yo‘lida va o‘tirgan yerida 
yon-beridagilarni turtib-netib, tegajog‘lik qilaveradi. “Do‘mbirachi”ligi 


123
shuki, agar sinfda biron bola xiyol yanglishsa, u lunjini pufak qilib olib, 
ikki barmog‘i bilan “taka-tum”ni chalib yuboradi.
– Baliq nima bo‘pti! – dedi unga Sobir. – Biz dadam bilan g‘ozov-
laganmiz. Patillab uchib ketayotgan g‘ozning qoq tumshug‘iga tushir-
ganmiz.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling