Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Test topshiriqlari:
1. “Xatosini tushungan bola” hikoyasidagi sinf rahbarining familiya-
sini toping?
A) Abdullayev B) Burhonov D) Samatov E) Usmonov
2. Xatosini tushungan bola kim?
A) Tohir B) Qosimjon D) Muhabbat E) Odil
3. Asardagi salbiy obrazni toping.
A) Tohir B) Qosimjon D) Muhabbat E) Odil
4.Bu asarda Qosimjonni o‘rtoqlari nima uchun jazoladi?
A) yaxshi o‘qimasligi uchun B) urushqoqligi tufayli
D) manman edi E) odobsizligi uchun


130
5. “Xatosini tushungan bola” hikoyasida kimning tug‘ilgan kuniga 
borishdi?
A) Muhabbat B) Tohir D) Sinf rahbari E) Nasiba
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan “Nurxon bilan Burxon” sh'erini o‘rganamiz.
She’rning muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi. 
Ekranda lavha namoyish etilib, kadr ortida she’r matni ifodali o‘qib 
beriladi.
She’r sizga yoqdimi? Nima uchun?
– 
U sizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otdi?
– 
O‘quvchilar she’rni ovoz chiqarmay, mustaqil o‘qiydilar.
She’rni o‘qiyotganingizda tushunarsiz so‘z va iboralarni belgi-
– 
lab qo‘ying.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
munkidi qoqilib tushdi
gursillab – “gurs-gurs” ovoz chiqarmoq
chirandi – biror maqsadda bor kuchini ishga solib, harakat qilmoq
She’r mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– Shoir she’rda Nurxon va Burxonning xislatlarini ifodalash uchun 
qanday so‘z va iboralarni qo‘llagan? Misollar keltiring.
– Darslikdagi rasmda kimlar va nimalar tasvirlangan? She’rdan shu 
rasmga mos misralarni topib o‘qing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? Bunda muallifning kayfiyati 
va o‘zingizning hissiyotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling. 
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling