Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Matn yarat” o‘yini. Ekranda hikoya mazmuni asosida yozil-
gan matn ko‘rsatiladi. Matndagi gaplarning o‘rni almashgan 
bo‘ladi. O‘quvchilar ularni ketma-ket bosib matnni o‘z holiga
keltiradilar.
Bahrom velosipedga minib, ketib qoldi.
1. 
Bugun bolalar uchinchi fermadan kelib Bahromni masxaralashdi.
2. 
Bolalar Bahromga “Qo‘rqoq, qo‘rqoq” deb ozor berishadi.
3. 
Shuning uchun onasi Bahromga yolg‘iz ko‘chaga chiqma deydi.
4. 
Chunki uning dadasi tunda bo‘rilarga yem bo‘lgan. 
5. 
Javob: 3, 5, 4, 2, 1
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Jasur, mard bo‘lish uchun nima qilish kerak?
– Siz qaysi sport turi bilan shug‘ullanasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismini o‘qish. 
87-d a r s
Mavzu: “Qo‘rqoq” (Sunnatulla Anorboyev). 2-qism
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga dovyuraklik va qo‘rqoqlik haqida ma’lu-
mot berish, “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismi bilan tanishtirish. O‘quv-
chilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 5: hikoyada bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his 
etish;
FK 1: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushunib olish.


133
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda dovyuraklik, mardlik, jasurlik kabi xislat-
larni, jonivorlarga mehribonlik hislarini tarbiyalash.
TK 3: yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutq, lug‘at ustida 
ishlash, asar qahramonlarini ajrata olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling