Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Ortiqchasini top” 
ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari:  tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 nafar 
o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Nima uchun Bahromni qo‘rqoq deyishardi?
– Bahromning dadasiga nima qilgan edi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, siz jasurlik, mardlik, uning biz uchun qanchalik kerak-
ligi haqida nimalar bilasiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismi bilan tani-
shamiz.
O‘quvchilar bilan dovyuraklik, uning hayotimizda qanchalik o‘rin 
tutishi, qo‘rqoqlikning oqibatlari haqida suhbatlashiladi, ularning fikr-
lari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi.
Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
payqamagan – sezmagan
suruv – qo‘ylar
sovliq – urg‘ochi qo‘y
chakmon – yozgi to‘n
olazarak – havotir bilan qarash
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismi o‘quv-
chilarga navbat bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni 
o‘qib, ularga javob berishadi:


134
Bahrom qo‘zichoqni qanday qutqarib qoldi?
– 
Qo‘rqoq bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?
– 
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling