Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Xatosini tushungan bola” hikoyasining 2-qismi bilan 
tanishamiz.
Yangi mavzu “Bumerang” texnologiyasi asosida tashkil qilinadi.
“Bumerang” texnologiyasi. 4ta kichik guruhlar tashkil qilinib, 
har bir guruhga darslikdagi matndan ma’lum qismlarni mus-
taqil o‘rganish topshiriladi.
1-guruh uchun quyidagi parcha beriladi: 
Ertasiga devoriy gazeta chiqdi. Unda Qosimjonning rasmini bop-
lab chizishgan edi. Yuzi osmonga qaragan, bo‘yni olmaning bandidek, 
burnini shunaqangi uzun cho‘zishibdiki, naq devoriy gazetadan chiqib 
ketay deb turibdi, rasmning ostiga “yosh shoir” deb yozib qo‘yilgan...
2-guruh uchun quyidagi parcha beriladi: 
Bu voqea bir nafasda sinf rahbarining qulog‘iga borib yetdi. Dars-
dan so‘ng Qosimjonni o‘quvchilar o‘rtasida muhokama qiladigan 
bo‘lishdi. Lekin sinf majlisi endigina boshlanay deb turganda, Qosim-
jon payt poylab derazadan oshib tushdi-da, Tohirni ergashtirib uyiga 
jo‘nab qoldi...
3- va 4-guruhlar uchun ham parchalar beriladi.
O‘quvchilar matnlarni qunt bilan o‘qishadi. So‘ngra yangi guruhlar 
tashkil qilinadi. Guruh a’zolari o‘zlari o‘qigan matnlarni sheriklariga 
tushuntirib berishadi. Matnlar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgach, 
guruh ichida mustahkamlanadi. So‘ngra guruh a’zolari oldingi holatdagi 
guruhlariga qaytishadi. Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. 
Har bir guruhga 3 tadan savol beriladi. Savollar quyidagicha bo‘ladi:
● Devoriy gazetada kimning rasmi chiqqan edi?
● Qosimjon devoriy gazetada qanday tasvirlangan edi?
● Qosimjon kim bilan tortishib qoldi?
● Bu voqea kimning qulog‘iga borib yetdi?
● Kim sinf majlisidan qochib ketdi?
● Qosimjon o‘ziga nima deb tasalli berdi?
● Ertasiga sinf rahbari Qosimjonni qayerga chaqirtirdi?
● Direktor Qosimjonga nima dedi?
● Nima uchun Tohirdan boshqa hech kim Qosimjon bilan gap-
lashmay qo‘ydi? 
● Qosimjon nima uchun cho‘chib tushdi?
Savolga to‘liq javob olinsa, 3 ball, to‘liq bo‘lmasa, 2 ball, boshqa 
guruh to‘ldirsa,1 ball beriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling