Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

VI. Uyga vazifa. “Shahzodaning bolaligi” hikoyasini so‘z lash. 
80-d a r s
Mavzu“Odobli bo‘lish osonmi?” (Anvar Obidjon). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni ongli, ravon va ifodali o‘qishga, matn 
mazmunini to‘liq uqib olishga, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olish-
ga o‘rgatish.
TK 3: ertak kitoblarni muntazam o‘qish va bilimini oshirish.
FK 1: ertak mazmunini qayta hikoya qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni odobli bo‘lishga, kattalarni hurmat qilish-
ga, muloyim so‘zlashga o‘rgatish, ularda o‘zaro mehr-oqibat, o‘zgalarga 
yaxshilik tilash tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asarning asosiy g‘oyasini ajrata olish 
qobiliyatini, umumlashtirish, taqqoslash, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini 
hamda og‘zaki nutqini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish. 
FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: 
suhbat, tushuntirish, “Kayfiyat xabarlari”, “Zig-
zag strategiyasi”, “Toshchalarga qoqilib o‘qish” mashqlari.
Dars jihozlari: ertak qahramonlari tasvirlangan rasmlar, multime-
dia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirlash.
“Kayfiyat xabarlari” mashqi.
O‘quvchilar bir aylana bo‘lib turadi yoki o‘tiradilar va mav-
zuga, masalan ob-havo, hayvonlar, qushlar yoki o‘simliklarga 
doir hissiyotlarini ma’lum qiladilar. Misol uchun: 
– O‘tgan bir yoki ikki kun ichida atrofda juda ko‘p qora bulutlar 
bo‘ldi, ammo quyosh o‘z nurlarini socha boshlayapti.


118
– Men o‘zimni xuddi tipratikan kabi sekin va sertikan his etyapman.
– Sinfga kelganimda men chittak edim, kichkina va sezilmas, hozir 
esa o‘zimni chig‘alaydek his qilyapman.
Bu mashq hammaga o‘z kayfiyatini ifodalash uchun imkoniyat be-
radi hamda o‘qituvchining va sinfdagi qolganlarning dars boshlangani-
da boshqalar qanday his qilayotganliklarini va hissiy xulq-atvorga dars-
ning foydasiga ta’sirlanuvchanligini uyg‘otadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling