Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga, uni avaylab asrashga, 
hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatish.
TK 3: yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
bog‘lanishli nutqini o‘stirish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish. 


150
FK 2: hikoya mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Bumerang” texnologiyasi, “Kim 
nima yeydi?”, “O‘ylab top” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilova lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Nima yaxsh-yu, nima yomon” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘t-
kaziladi.
– Bo‘limdagi qaysi hikoyada mehnatsevarlik, topqirlik, tadbirkorlik 
xususiyatlari yuqori baholangan?
Yalqovlik, dangasalik, aldamchilik yomon odat ekanligi qaysi 
she’r va hikoyada ifodalangan?
– Saxiy va xasis kishilarga xos xislatlarni qiyoslab gapiring.
– Bo‘limdagi qaysi hikoyada jonivorlarga mehr bilan qarash haqida 
so‘z yuritilgan? Uning mazmunini qisqacha so‘zlab bering.
“O‘ylab top” o‘yini.
1. Dunyoda bir narsa borki, u bo‘lmasa hech kim bir-birini tani-
maydi, u nima? (ism)
2. Qaysi joyda daryolar suvsiz, shaharlar uysiz bo‘ladi? (xaritada)
3. Qaysi hayvon qish bo‘yi boshini pastga qilib uxlaydi? (ko‘r sha-
palak)
4. Hayvonlardan birining nomini ikki tomondan o‘qilsa ham o‘zgar-
maydi. Bu qaysi hayvon? (kiyik)
5.Yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin? (tush) 
6. Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi? (quduqda)
7. Suvga tushsa mingta, Suvdan chiqsa bitta. (otning dumi)

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling