Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


“Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘ri” mashqi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘ri” mashqi. To‘g‘ri deb hisob-
lagan vaziyatlariga o‘quvchilar + (qo‘shish) ishorasini, aksin-
cha noto‘g‘ri deb hisoblagan vaziyatlariga – (ayirish) ishorasini 
ko‘rsatadilar.
– Og‘ir yuk ko‘targan ayolga yordam berish kerak.


210
– Tug‘ilgan kunda berilgan sovg‘aning yoqmaganligini aytish shart.
– Bemor kishining holidan xabar olish uchun borganda baqirib ga-
pirish kerak.
– Kattalarga salom berish shart.
– Ertalab maktabga yuz-qo‘llarni yuvmay kelsa ham bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsga yakun yasash maqsadida o‘quvchilarga savollar bilan muro-
jaat etiladi.
1. Bolalar nima haqida bahslashdilar?
2. Qaysi bolaning javobi sizga yoqmadi? Nima uchun?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Bolalar gurungi” ertagining I qismini ifo-
dali o‘qish.
148-d a r s
Mavzu: “Bolalar gurungi”. (Hans Kristian Andersen). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga to‘g‘ri, ravon o‘qish, ertak mazmuni yu-
zasidan fikrini bildirish, nutqlarida maqol va hikmatli so‘zlardan o‘rinli 
foydalanish, asar qahramonlarini qiyosiy tavsiflashni o‘rgatish.
FK 1: ertak mazmunidan ta’sirlana olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga insondagi axloqiy fazilatlarni, maqtan-
choqlik, manmanlik, birovlarni kamsitish yomon odat ekanligini 
tushun tirish, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rgatish.
TK 5: sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish. 
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, 
rollarga bo‘linib o‘qish, asar tahlilida matndan misollar tanlay olish 
malakalarini rivojlantirish. 
FK 2: ertakning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling