Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


“Ikki qismli kundalik” metodi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Ikki qismli kundalik” metodi“Ikki qismli kundalik” pedagogik us-
lub bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o‘qib chiqilgan mavzu 
bo‘yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.
1-bosqich. O‘quvchilar ertakni juftlikda navbat bilan past ovozda 
o‘qiydilar.
2-bosqich. Hamma ertakni o‘qib bo‘lganiga ishonch hosil qilib
daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.
3-bosqich. O‘quvchilarga daftarning chap tomoniga muallif fikr-
larini yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.
4-bosqich. O‘ng tomonga o‘quvchi mazkur fikrga berilgan o‘zining 
izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan ertak haqidagi tushunchasini umum-
lashtirib beradi.
5-bosqich. Topshiriqning shu qismi tugagandan keyin o‘quvchilarga 
(o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan fikrni va ularga yozilgan izohni o‘qish 
taklif etiladi. Fikrlar va ularning izohlari o‘qilayotganda savol berish 
yoki mazkur fikrga o‘z izohini berish ruxsat etiladi.
6-bosqich. O‘quvchilar sherik (uchliklar yoki kichik guruhlar) 
bo‘lib ham ishlashlari mumkin.
Maqsadi: o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otish, yozma nutq-
ni rivojlantirish.
Vazifasi: o‘quvchilarning matn ustida mustaqil ishlash, mavzudan 


8
kerakli xulosa chiqarish malakasi shakllanadi. Masalan, Aziz Abduraz-
zoqning “Baqa bilan taqa” ertagida qo‘llanilgan.
O‘qish darslarida shu kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foy-
dalanish o‘quvchilarda kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim 
maqsadiga erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
Texnologik xaritalardan o‘qish darslarida foydalanish
Darsning texnologik xaritasi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda 
unga taqsimlangan vaqt har bir bosqich bo‘yicha to‘g‘ri belgilash uchun 
ishlatiladi. O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida mav zular 
bo‘yicha texnologik xaritani tuzib olishi lozim. Namuna: 
50-dars. Mavzu: “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin”. 2-qism.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling